Tug‘ishganlik sevgisi

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Tug‘ishganlik sevgisi
by Munavvarqori Abdurashidxon oʻgʻli

Tog‘ yaqinida kichik bir qishloq bor edi. Shu qishloqning buzuq bir binosida o‘n uch yoshlik Oyxon otlik bir qiz turar edi.
Oyxonning ota-onasi ocharchilik yilida — bundan to‘rt yil burun o‘lgan edilar. Boyaqish Oyxon besh yoshlik Turdiboy degan ukasi bilan qo‘sh yetim bo‘lgan edi. Turdiboyni onasi kabi boqar edi.
Qish chog‘i kelmish, besh haftadan beri qor butun yer yuzini qoplamish va tevarak oppoq qor bilan chulg‘anmish edi. Oyxon onasidan bir necha martaba: «Qish kunlarda bo‘rilar och qolsalar, qishloqqa keladilar-da, tomoq izlaydilar», deb eshitgan edi. Faqat bu ham tomoq topmoq uchun tashqariga chiqmoqqa majbur edi.
Bir kun ertalab Oyxon non olmoq uchun bozorga bordi. Non olib, uyiga yaqinlashgan chog‘da qo‘rqinchli tovushlar, ukasining baqirgan-chaqirgan ovozi eshitildi.
Oyxon chopib uyga kirdi. Ukasiga yugurmoqda bo‘lgan bo‘rini ko‘rdi. Bor kuchi bilan borib, ukasini quchoqlab olib, og‘zi ochiq turgan sandiqqa soldi, chap qo‘li bilan sandiqni bosib turdi.
Oyxon ukasini qutqarmoqdan boshqa bir narsa tushunmas, orqasidan kulib, sevinib kelayotgan beshta bo‘rini ko‘rmas edi.
Bo‘rilar birdan uy ichiga kirdilar-da, Oyxonga yugura boshladilar. Oyxon bor kuchi bilan haydamoq istar edi, lekin bo‘rilar har tomondan irillab, yugurushib, tishlab tortishar edilar.
Oyxon tanidan oqqan qon bilan sekin-sekin kuchdan ketib, yiqila boshlaganin anglar-anglamas sandiqdan uzoqlashdi, eshik oldigacha bordi.
Ortiq bo‘rilar xursand edilar. Bu g‘ayratli qiz eshik oldida kuchdan qolib yiqildi. Och bo‘rilar boyaqish qizni yeb bitirdilar.
Bir necha soatdan so‘ng uyiga kelgan qishloqliklar ko‘rdilarki, Turdiboy sandiqning ichida pish-pish uxlab yotibdir. Bechora Oyxon o‘z jonini sevikli ukasining o‘rniga qurbon qilmishdir.

This work is first published in Uzbekistan and is now in the public domain because its copyright protection has expired by virtue of the Law of the Republic of Uzbekistan on Copyright and Related Rights, enacted 2006, amended 2021. The work meets one of the following criteria:

  • It is an anonymous or pseudonymous work and 50 years have passed since the date of its publication
  • It is a posthumous work and 70 years have passed since the date of its publication
  • It is another kind of work, and 70 years have passed since the year of death of the author (or last-surviving author)
  • It is one of "official documents (laws, resolutions, decisions, and etc.), as well as their formal translations; official symbols and marks (flags, emblems, orders, banknotes, and etc.); works of popular art"

Public domainPublic domainfalsefalse