Toshkent safarindagi ma’lumotlarim

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Toshkent safarindagi ma’lumotlarim  (1914) 
by Isʼhoqxon Ibrat

12-aprelda makoni ma’hudim To‘raqo‘rg‘ondin poyezdga o‘lturub muddati uch soatda Xo‘qandga kelturganda, bu mo‘jizoti olamni ko‘rub va xalqullohlarni sayri sayohati oson bo‘lganini mushohada qilib, hamd va shukrlar aytub, alalxusus, Sirdaryodin avval vaqtlarda o‘tmak to‘rt soat, balki ba’zi kunlarda o‘tolmay qolur eduk. Necha ashyoyi jadidalar, chunonchi, ishlarimizda, tijoratimizda, zindakorchiliklarimizni oson bo‘lgani, bormak, kelmak yoki bo‘lak ish qilmak oson bo‘lgani. Alalxusus, bular ichida ahli ilm va ahli fikrlarga ma’lumotlar va kitoblar ko‘b bo‘lub, har nima bilmak va topmak oson bo‘lgani, hamma qo‘l ishlariga moshina ixtirolar chiqorilib, oz vaktda ko‘b ish qilishi, quruqda va daryoda yurmakka asbobu adavotlar muhayyo bo‘lganining ustiga bu mamlakat ahlini madaniyatga solmak uchun yaxshi maktablar tayyorlanib, tolibi ilm va kasb kishisiga hammalari ochiq bo‘lub turganini ko‘rub xursand bo‘lub, bizni xalq ham shoyad bu ilmlardin bahra olsalar edi deb, Toshkand borguncha fikrimda edi. Toshkand borganda, kunduzlar bog‘ sayohatlarida, kechalar tomoshaxonalarda hikoyat kitoblaridin o‘tkan voqealarning hikoyasini suratda o‘zini kilib, sinimotugraf tomoshasida bo‘ladurgon tomoshalarni mushohada qilib ko‘rub, bormoq-kelmoqda o‘turub bormoq uchun qilingan ko‘nka elektriyalarni va kechalarda yoqmaklik uchun yog‘siz va o‘tsiz yonadurgon elektriya chirog‘larni ko‘rub, ahlimiz bundan manfaat olganlaridin boshqa Yevro‘po ilmiga ham o‘rgansalar edi deb, afsuslar qilib edum. Banogoh, Toshkandni Xadra mavze’ida bo‘ladurgon duvuxklasnoy shko‘lda imtihon vaqti ekan. Rafiqo va kattalarimiz takliflari mo‘jibicha borub, oni ko‘rdumki, imtihonda bizni musulmoniya bolalari ham yaxshi, durust rusiya zabonini raso va yaxshi so‘zlamoqg‘a qodir bo‘lub, ulug‘lar huzurlarida hikoyalarni ikki bola bir-biroviga muqobil savol-javob qilishib, yaxshi imtihon berganlari yana mani shodlandurdi. Na uchunki, bizni islom bolalari hukumat lisonlariga olim bo‘lmoqg‘a ham harakatlari borligi ma’lum o‘ldi. Inshaolloh, yana bir necha yillarda bu yozilmush ilm va kasbi kamolotlaridin ham hissalarini olmoqqa iste’dodlari bo‘lg‘udek ekan.

Turkiston viloyatining gazeti, 1914 yil, №48

This work is first published in Uzbekistan and is now in the public domain because its copyright protection has expired by virtue of the Law of the Republic of Uzbekistan on Copyright and Related Rights, enacted 2006, amended 2021. The work meets one of the following criteria:

  • It is an anonymous or pseudonymous work and 50 years have passed since the date of its publication
  • It is a posthumous work and 70 years have passed since the date of its publication
  • It is another kind of work, and 70 years have passed since the year of death of the author (or last-surviving author)
  • It is one of "official documents (laws, resolutions, decisions, and etc.), as well as their formal translations; official symbols and marks (flags, emblems, orders, banknotes, and etc.); works of popular art"

Public domainPublic domainfalsefalse