Toshkand xabarlari (1924)

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Toshkand xabarlari  (1924) 
by Abdulla Qodiriy

Toshkand va tevaragida maorif oyi bilan birga yog‘mur oyi ham e’lon qilindi. Chakkaning o‘tishi chakkidir, negaki, Eski shahar xalqi suvda suzish ilmidan bahrasizdir, vaqtdan isti’foda qilub har bir oila o‘rdak boqsun, hozirga bir yuz yetmish uy yiqilub, kattalardan uch yuz kishi shahid va go‘daklardan besh yuztasining gunohsiz qonini arang dumaxona o‘z zimmasiga oldi. Yana besh yuzlab uy ruku’da yiqilg‘anlar sujuddadir.

Yog‘mur agar ebida yog‘sa ma’lumki, obi rahmat, ya’ni manba’i hayot deymiz, illo, halokati tabiiyotning eng kuchligi ham yog‘murdir desak, shoyad yanglishmag‘an bo‘lurmiz. Nachukkim, hazrati Nuhning balosi to‘fon bilan edi. Bu xabarlarni yozar ekanmiz, qo‘rqunch bir haqiqat ko‘z o‘ngimizda edi. Ajabo, biz musulmonlar irtidodda qavmi Nuh darajalariga borib yetdikmi?

Kechirmakda bo‘lg‘animiz kunlarni biz yavmin-nahsdan hisoblaymiz. Shuning uchun har kimga bilib oyoq qo‘ymoqqa, chakka balosidan, shaboblik kasofatidan emin bo‘lmoqqa tavsiya qilamiz. Ayniqsa, «Baladiya bo‘limi hech narsa demadi-ku» deb eski tom ostida o‘lturmangiz, o‘ltursangiz ham tom qisirlashdi deguncha qochub qolingiz-ki, hamma najot shundaginadir.

Xususan, Eski shahar rastalariga tushib, Mallaxondan qolg‘an osori atiqa lafkalarning yonidan o‘tishdan, albatta, albatta, hazar qiling, o‘tar bo‘lsangiz, ushbu duoni o‘qungiz: «Ollohumma ihfazni min falakotil inqilobi hozad-do‘kkona va nas’aluka an tursilanna jami’a baloika va qazoika alash-sho‘batil-baladiyati».

Ushbu duo ko‘b barakatlik duodir. Man shakka faqat kafara. Bu duoni bir qog‘ozga yozib, dumaxonaning viveskasiga bog‘lasangiz, xosiyati oshkor bo‘lg‘ay!

Muxbir Sovrinboy.

Ilova: Zahiriddin a’lamdan fatvo so‘raymizki, basharti katta ko‘chadagi bir imorat yoki devor o‘tkunchilardan bir nechasini bossa, ularning xunini kim to‘laydir? Uy egasimi yoki dumaxonami? Fatvo kitobingizda, albatta, buning bir hukmi bordir.

«Mushtum», 1924 yil, 8 mart, 24-son, 6-bet.

This work is first published in Uzbekistan and is now in the public domain because its copyright protection has expired by virtue of the Law of the Republic of Uzbekistan on Copyright and Related Rights, enacted 2006, amended 2021. The work meets one of the following criteria:

  • It is an anonymous or pseudonymous work and 50 years have passed since the date of its publication
  • It is a posthumous work and 70 years have passed since the date of its publication
  • It is another kind of work, and 70 years have passed since the year of death of the author (or last-surviving author)
  • It is one of "official documents (laws, resolutions, decisions, and etc.), as well as their formal translations; official symbols and marks (flags, emblems, orders, banknotes, and etc.); works of popular art"

Public domainPublic domainfalsefalse