Toshkand xabarlari (1919)

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Toshkand xabarlari  (1919) 
by Abdulla Qodiriy

G‘ozi Yunusga ochiq xat

«Ishtirokiyun»ning so‘ngg‘i bir no‘merinda, e’lon qisminda ba’zi vakolatlardan jumladan, Eski shahar sinfiy ittifoqlar sho‘rosining «reorganizasiya» komissiyalig‘indan iste’fo beruvingizni e’lon etasiz.

O‘rtoq! Umumiy majlisimiz bu ishka sizdan durustroq bir kishi topolmagach, bu o‘runda sizni ko‘rsatkan edi. Siz ba’zi «sababcha»lar ko‘rsatib zimmangizga olmaganingizda, ko‘rsatgan sabablaringizdan bu ishning muhimroqlig‘in o‘zingizga qoldirilgan)di.

Bu orada nima bo‘lganda bugun iste’fo berasiz. Sizning kabi «idealnыy» bo‘lib topilgan bir zotga bu daraja yengil harakat «uchib yurish» kelishib yotmasa kerak. Sizning zimmangizga qo‘yilgan «reorganizasiya» ishi o‘ttuz to‘rt ming mehnatkashlarni uyushtirish edi… Biz sizning hozir ishlab turgan artistlig‘ingiz, «avto‘r»lig‘ingiz va boshqa ishlaringizdan bu ishni yuz qat muhimroq deb bilamiz. Takrorlaymiz: O‘ttuz to‘rt ming mehnatkashni uyushtirib, yo‘lga solmoq bir yuz teatrudan foydaliroqdir…

Agarda ta’bingiz noziklashib, qora rabochiylar orasida bir necha kun ishlarga jirkangan bo‘lsangiz, ul choqda bizning bir so‘z deyurga ham haqqimiz yo‘q!

O‘rtoq! Hali ham bo‘lsa kelib, ishka kirishuvingizni ishlarga kishisi yo‘q o‘ttuz to‘rt ming mehnatkashlar nomidan so‘raymiz

Eski shahar sinfiy ittifoqlar sho‘rosi nomidan:

Sadr: Muborakshoh.

Kotib: Abdulla.

«Ishtirokiyun» 1919 yil, 30 oktyabr, 207-son, 2-bet

This work is first published in Uzbekistan and is now in the public domain because its copyright protection has expired by virtue of the Law of the Republic of Uzbekistan on Copyright and Related Rights, enacted 2006, amended 2021. The work meets one of the following criteria:

  • It is an anonymous or pseudonymous work and 50 years have passed since the date of its publication
  • It is a posthumous work and 70 years have passed since the date of its publication
  • It is another kind of work, and 70 years have passed since the year of death of the author (or last-surviving author)
  • It is one of "official documents (laws, resolutions, decisions, and etc.), as well as their formal translations; official symbols and marks (flags, emblems, orders, banknotes, and etc.); works of popular art"

Public domainPublic domainfalsefalse