Tortadur

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Tortadur
by Lutfiy

Ko’rgali la’ling aqiqin ko’nglum ul yon tortadur,
Bu yamon andishaliqni go’iyo qon tortadur.

Dod ko’zungdinki, dinga necha yuz ursam, meni
Kufr sori sehr ila ul nomusulmon tortadur.

Olida jon tortadurman, to magar tushg’ay qabul,
Bir nazar qilmas bu miskin sorikim, jon tortadur.

Xoki poyekim anga zulfi tegar ko’p istaram,
Yo meni tuproq, yo rizqi parishon tortadur.

Mayl etar o’z jinsig’a har jins o’zini lojaram,
Beli sori ul kamandi anbarafshon tortadur.

Qoshlari yosin quloqqa yetkura tortar ko’zi,
Ikki yoni masti lo’yaqil ne oson tortadur?

Yo’q turur yolg’uz bu Lutfiy jonig’a javri raqib,
Qayda bir dono durur, ul javri nodon tortadur.

This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.

Public domainPublic domainfalsefalse