Tong otdi chiqma uydin har tarafg‘a qilma nazzora...

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Tong otdi chiqma uydin har tarafg‘a qilma nazzora...
by Mujrim-Obid

Tong otdi chiqma uydin har tarafg‘a qilma nazzora,
Mabodo bo‘lmag‘ay oyu quyoshning pardasi pora.

Yuzungga xalqi olam ko‘z solurg‘a orzu aylar,
Tavahhum ulki yakson bermagaylar jon yakbora.

Labingdin g‘uncha kulmak istaru nargis nigohingdin,
Tarahhum ayla pomol o‘lmasun gul kirma gulzora.

Fidoyi iltifoting bir bo‘lak bag‘ri adolardur,
Faqiru benavovu mubtalovu zoru bechora.

Biror daf’a seni ko‘rgan ayirmas ko‘z jamolingdin,
Qiyo boqmas agar xurshed bo‘lsun o‘zga ruxsora.

Sen ul pokiza atvoru maqoli bebahodursan,
Xaridoring bo‘lub Yusufni ko‘rkim kirdi bozora.

Qarosh holimg‘a, ey dildor, gohi marhamat birla,
Meni Obid sening yo‘lingda sargardonu ovora.

This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.

Public domainPublic domainfalsefalse