Toleim

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Toleim
by Muqimiy

Ohkim, afsus, emas har ishda rahbar toleim,
Vojgundur, imtihon qildimki, aksar toleim.

Yuz tarafdin yetkurub gardi kudurat, zangi g‘am,
Aylagay oinayi tab’im mukaddar toleim.

Har necha qilsam tavallo – zori qilmas, iltifot,
Ro‘yigardon teskari, tobora badtar toleim.

Ro‘zgorim tiyra, iqbolim zabun, baxtim qaro,
Bo‘lsa ravshan, bormukin tadbiri digar toleim?

Nogahon bersam, Muqimiy, bir musulmonga salom,
Daf’atan ikki qulog‘ini qilur kar, toleim.

This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.

Public domainPublic domainfalsefalse