To xusumat raxshini dahr uzra javlon etti charx...

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
To xusumat raxshini dahr uzra javlon etti charx...
by Ma’dan

To xusumat raxshini dahr uzra javlon etti charx,
Bevafoliq rasmini xublarg‘a farmon etti charx.

Oyu kun, anjum, malak, sonsiz kavokib xaylining,
Iztirob ila falak toqinda sarson etti charx.

Ko‘k aro Isr tajarrud, yer uza ovora Xizr,
Har kimi bir nav’ men yanglig‘ parishon etti charx.

Ko‘b fusun naqshin chekib har dam sipehr ayvonig‘a,
Yuz tuman makri ila taklifi mehmon etti charx.

Go‘starib hayrat bisotin tarhi gardun uzrakim,
Shomi zulfin ko‘rsatur tun husnini qon etti charx.

Boda bazmin tarqatib mahfilim jam’iyatin,
Lashkari anduh ila toroju tug‘yon etti charx.

Umr poyoni vido’ etti safar raxtin tuzub,
Bu fano bozoridin naqdimni toroj etti charx.

May chekib dildor ila jom erdi, Ma’dan, ulfatim
O‘t yoqub mayxonama o‘tlug‘ nayiston etti charx.

This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.

Public domainPublic domainfalsefalse