To ko‘zim o‘ldi duchor ul sarvi gul ruxsorg‘a...

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
To ko‘zim o‘ldi duchor ul sarvi gul ruxsorg‘a...
by Muntazir

To ko‘zim o‘ldi duchor ul sarvi gul ruxsorg‘a,
Kelmadi til hayron etib ko‘nglimi guftorg‘a.

Yor ulkim voqif o‘lg‘ay xo‘bliq oyinidin,
Yo‘q ne lozimi taashshuq surati devorg‘a.

Qolmadi bir zarra toqat zulmi javring hukmig‘a,
Muncha moyildir nigorim xotiring ozorg‘a.

Poymoling o‘ldi jismim, qilmading bir yo‘l nigoh,
Yo‘qmu oxir bir nazar men notavoni zorg‘a.

Yaxshi lutf ettingki, qahr aylab, yomon deding meni,
Talx so‘z zebo emishdur la’li shakkarborg‘a.

Bir tarahhum ayla, yorab, Muntazir yanglig‘ mudom,
Umri zoye aylagan badkoru badkirdorg‘a.

This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.

Public domainPublic domainfalsefalse