To’fon

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
To’fon  (1922) 
by Abdulhamid Choʻlpon

(Anato‘li qishloqisining muzaffar o‘rdulariga)

Ey Ino‘nu, ey Siqarya, ey istiqlol erlari,
Milliy misaq olingancha to‘xtamasdan ilgari!

Bilamizkim, jannat kabi tuprog‘ingiz yovlarning
Go‘daklarni yastaguchi oyoqlari ostida.
Bilamizkim, tovushingiz haqsiz chiqqan dovlarning,
Insofsizcha shovqinlarning, hurushlarning pastida.

Bilamizkim, «madaniyat» beshigida o‘tirgan
Jallodlarning butun ta’ma va hirslari sizlarda.
Bilamizkim, «ozodlik» deb shovqin qilgan, baqirgan
Bo‘rilarning och ko‘zlari oltin to‘la yerlarda.

Bilamizkim, ular sizni yashamoqqa qo‘ymaylar,
Bilamizkim, qoningizni tomchi-tomchi ichalar,
Bilamizkim, ular sira yuvosh xalqni sevmaylar,
Bilamizkim, tuproq uchun insonlikdan kechalar.

Bilamizkim, siz yo‘qsillar so‘ng chog‘da
Shunday yomon dushmanlarning qo‘lida
Mangu asir, mangu tutqun bo‘lishni
Istamasdan qo‘lga yarog‘ oldingiz. Bilamizkim, qator-qator qishloqlar,
Siynasiga non to‘ldirgan tuproqlar
O‘t ichinda, shuning uchun o‘lishni
Ortiq ko‘rub, jonni o‘tga soldingiz.
Jonni qonga, o‘qqa, o‘tga soldingiz,
Faqat bu kun totli bir o‘ch oldingiz,
Yana bir qur tarixlarda qoldingiz!

Ey istiqlol, ey Siqarya, ey Ino‘nu erlari,
Yur, mazlumlar to‘fonining o‘ch olguvchi sellari!..

1922-yil

This work is first published in Uzbekistan and is now in the public domain because its copyright protection has expired by virtue of the Law of the Republic of Uzbekistan on Copyright and Related Rights, enacted 2006, amended 2021. The work meets one of the following criteria:

  • It is an anonymous or pseudonymous work and 50 years have passed since the date of its publication
  • It is a posthumous work and 70 years have passed since the date of its publication
  • It is another kind of work, and 70 years have passed since the year of death of the author (or last-surviving author)
  • It is one of "official documents (laws, resolutions, decisions, and etc.), as well as their formal translations; official symbols and marks (flags, emblems, orders, banknotes, and etc.); works of popular art"

Public domainPublic domainfalsefalse