Toʻfon
(Anatoʻli qishloqisining muzaffar oʻrdulariga)
Ey Inoʻnu, ey Siqarya, ey istiqlol erlari,
Milliy misaq olingancha toʻxtamasdan ilgari!
Bilamizkim, jannat kabi tuprogʻingiz yovlarning
Goʻdaklarni yastaguchi oyoqlari ostida.
Bilamizkim, tovushingiz haqsiz chiqqan dovlarning,
Insofsizcha shovqinlarning, hurushlarning pastida.
Bilamizkim, „madaniyat“ beshigida oʻtirgan
Jallodlarning butun taʼma va hirslari sizlarda.
Bilamizkim, „ozodlik“ deb shovqin qilgan, baqirgan
Boʻrilarning och koʻzlari oltin toʻla yerlarda.
Bilamizkim, ular sizni yashamoqqa qoʻymaylar,
Bilamizkim, qoningizni tomchi-tomchi ichalar,
Bilamizkim, ular sira yuvosh xalqni sevmaylar,
Bilamizkim, tuproq uchun insonlikdan kechalar.
Bilamizkim, siz yoʻqsillar soʻng chogʻda
Shunday yomon dushmanlarning qoʻlida
Mangu asir, mangu tutqun boʻlishni
Istamasdan qoʻlga yarogʻ oldingiz. Bilamizkim, qator-qator qishloqlar,
Siynasiga non toʻldirgan tuproqlar
Oʻt ichinda, shuning uchun oʻlishni
Ortiq koʻrub, jonni oʻtga soldingiz.
Jonni qonga, oʻqqa, oʻtga soldingiz,
Faqat bu kun totli bir oʻch oldingiz,
Yana bir qur tarixlarda qoldingiz!
Ey istiqlol, ey Siqarya, ey Inoʻnu erlari,
Yur, mazlumlar toʻfonining oʻch olguvchi sellari!..
1922-yil
This work is first published in Uzbekistan and is now in the public domain because its copyright protection has expired by virtue of the Law of the Republic of Uzbekistan on Copyright and Related Rights, enacted 2006, amended 2021. The work meets one of the following criteria:
|