Tinchliq

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Tinchliq  (1923) 
by Abdulhamid Choʻlpon

Shahar 3-4 oydan beri tinch, miltiq tovushi eshitilmaydur. “Qoch-qoch!”, “bosdi-bosdi!”lar ham ko‘rinmas bo‘ldi. O‘sh, Jalolobod, Izboskent yo‘llari qatov kecha demak, kunduz demay ot-arava yurub turadur. Panjshanba kuni bozorg‘a kirsangiz bozor mahshar shaklini oladur.

Miltiqlarning dangg‘illag‘an tovushlarini har kun, har kecha va balki har soat eshitib o‘rgangan quloqlar; devorlari qalin. Gʻalvasiz. Jimjit bir uyning ichiga kirganday bir oz gangiratub ham olg‘an bo‘lsalar kerak!

Kuloqlar miltiq tovushig‘a xumor bo‘lub qolg‘anlar, emish… Lekin hech kim. Hech bir jon u kunlaprga qaytishni istamaydur. Bugungi tinchliqni kutub olg‘uncha xalqning yuragi dog‘-hasratga to‘lg‘an edi.

Hali ham 5 yil muttasil urush maydonida o‘lturg‘an xalqning bardoshig‘a balli deng!

Yangi saylovlar

Mana shunday tinchliq ichida yangi saylovlar uchun harakat boshlandi.

Eng avval uyez va shahar firqa qo‘mitasi tomonidan uyez saylovlarini o‘tkazish uchun bitr kamisiya tuzuldi. Bu kamisiyaning xay’ati ushbu o‘rtoqlardan iboratdur: Gʻozi o‘g‘li (Ugorrefqo‘mdan), Hakimxo‘ja Sa’dullaxo‘ja o‘g‘li (Prafbyurodan), Buxoritdinof (Ugorko‘mdan). Mirza o‘g‘li (qo‘shchilar soyuzidan), Neo‘niolof(harbiy tashkilotlardan).

29 o‘ktabrda bu kamisiyaning birinchi majlisi bo‘lib, u majlisga muzofot saylov komisiyasining raisi Alixo‘ja o‘g‘li bilan markaz saylov kamisiyasi a’zolaridan Yormuhammad o‘g‘li o‘rtoqlar oralashdilar.

Bu majlisda shahar saylovlarini o‘tkazmak uchun harbiy tashkilotlar, eski shahar firqa yacheykasi, kasaba ittifoqlari, yoshlar tashkiloti va xotunlar shu’basi vakillaridan iborat ayrim bir kamisiya tuzuldi. Uyezning 6 mahkumi (rayuni)ga 6 shahar atrofiga bir, barchasi 7 kishidan iborat vakillar tayinlandi.

Bu vakillar har mahkumning qishloq, ovul va bo‘lus saylovlarini o‘tkazish ishiga vakil qilindilar.

Rayun qurultoylarini o‘tkazmak uchun bulardan boshqa yana 6 kishi tayinlandi. Bu keyingilarning hammasi dugundek, shahar va uyez doirasida ishlab kelgan mas’ul ishchilardur.

Hozirda har iki kamisiya o‘ziga kerakli kishilarni to‘plab olub, jiddiyat bilan, yeng shimarib ishga kirishdi.

Birinchi no‘yabrdan tortub saylovning tashviqiy ishlari boshlang‘usidir.

Butkul tinchlanish yo‘lida

Qolg‘an-qutqan qo‘rboshlarning qo‘shulushi davom etadur. 29 no‘yabrda kechasi mashhur Ahmad polvon Asakaga kirib, yarashdi.

O‘ziga qarashliq yigit va mahramlari ham o‘zi bilan birga kirdi.

30 nchi o‘ktabrda yana Asakaga Ahmad polvong‘a qarashliq qo‘rboshilardan “Saksan” qo‘rboshi kirib, yarashdi.

Andijonning yonida Xirabek degan yerga mundan 5-10 kun burun mashhur Yunus qo‘rboshi kirib yarashqan edi. Shuning bilan Andijon uyezi tamom tinchlangan desak bo‘ladur.

O‘ktabr bayrami yaqinlashub saylov kunlari kelgan vaqtda Farg‘ona qo‘rboshilarining kirishi yurt-elga juda ta’sir qildi.

Yurtning tinchlanishiga har kim ortig‘i bilan ishonub qoldi.

Q

«Farg‘ona» gazetasi, 1923-yil 7-noyabr.

This work is first published in Uzbekistan and is now in the public domain because its copyright protection has expired by virtue of the Law of the Republic of Uzbekistan on Copyright and Related Rights, enacted 2006, amended 2021. The work meets one of the following criteria:

  • It is an anonymous or pseudonymous work and 50 years have passed since the date of its publication
  • It is a posthumous work and 70 years have passed since the date of its publication
  • It is another kind of work, and 70 years have passed since the year of death of the author (or last-surviving author)
  • It is one of "official documents (laws, resolutions, decisions, and etc.), as well as their formal translations; official symbols and marks (flags, emblems, orders, banknotes, and etc.); works of popular art"

Public domainPublic domainfalsefalse