Til va harf masalalari
Bu kun turk dunyosining eng muhim masalalaridan biri har yerda ko‘tarilmaqda bo‘lg‘on til va harf masalalaridir.
Bu masala faqat bu yil ochilg‘on va boshlang‘on narsa emasdir.
1905 yil Rusiyo inqilobi, 1908 yildagi Turkiya inqilobidan ilgari boshlanib, bulardan keyin qaynag‘on va haligacha davom etmakda edi. Turklar Ovrupo madaniyati bilan yaqinlasha boshlag‘on vaqtlarda istar Turkiyada, istar Qrim, Qafqos va Totoristonda bu masalalari bilan shug‘ullanaturg‘onlar ko‘runa boshladilar.
Turkiyada bir yoqdan «Lison tasfiya»chilari turkchani arab, fors tili tahakkumi ostidan qutqazishg‘a tirishsalar, bundan o‘rnak olib Qafqos, Qrim va Totoristonda ham tilda soddachilik jarayonlari boshlandi. Bu masalalar boshlang‘on turk mamlakatlari bir-birovlarig‘a o‘xshash ijtimoiy vaziyatda bo‘lg‘onlaridan bu harakatning umumiy xatlari bir-birovig‘a juda yaqindir, hatto bir-birovining aynidir.
Turk dunyosining har yerida «xaiq tiliga» yaqinlashmoq mayli boshlang‘oni uchun bir turk tili bo‘linib, turli lahja va sheva adabiyotlari boshladi. Bu «tamoyul» so‘ng yillarda yana kuchayib, haligacha bir oz «munfail — passiv» vaziyatda bo‘lg‘on o‘zbek, qirg‘iz, uyg‘ur kabi kabilalar ham o‘z shevalarida gazetalar, jurnallar, kitoblar bosdira boshladilar.
Bu soddachilik harakati, tashlang‘on arab, fors so‘zlari o‘rnig‘a ishlatysh uchun yangi so‘zlar topish ehtiyojini tug‘dirdi.
Ilmiy istiloh va ta’birlar umuman arabcha va forscha bo‘lg‘onidan, birinchi darajada hujumg‘a uchrag‘on edilar. Turkiyada dorulfunun va anjumani donish bo‘lg‘onidan bu ilmiy istilohlarga zarba berish muvaffaqiyat ko‘rmadi. Chunki borni tashlash oson bo‘lsa ham, yo‘qdan tuzish qiyin edi, ayniqsa uni ishga oshirish uchun ko‘b fursat talab qilinar edi. Turkiya uchun bu harakat ilmda to‘qnashishg‘a sabab bo‘lar edi. Shuning uchun bu masalalar bir yoqdan eski holi davom etar edi. Bunga majburiyat bor edi.
Totoriston, Qrim, Qofqozyo, Turkistonning vaziyati esa bundan boshqa edi.
Bunda dorulfunun yoki o‘rta maktab emas, boshlang‘ich maktab (usuli jadid) masalasi ketar edi. Bunda ilmiy istilohlarg‘a ehtiyoj yo‘q darajasida bo‘lg‘onidan bu «inqilobiy zarba» bu tarafda sezilmadi. Faqat sekin-sekin Rusiya turklari orasida ham ilmiy masalalarga yaqinlashish kuchaydi. O‘rta, hatto, oliy daraja maktablar qurula boshlash arafasiga erishilganidan boshlab, ilmiy istiloh va ta’birlariga ehtiyoj his etiddi.
Totoriston uch yuz yildan beri rus madaniyati ta’siri ostida bo‘lg‘onig‘a tayanib, rus istiloh va ta’birlarini qabul qilishg‘a mayil ko‘rsatdi.
Qofqozyo va Qrim esa Totoristong‘a qarag‘onda boshqa bir yo‘l tutdi. Ya’ni turk — Istanbul dorulfununiga taba’iyat qildi, u ishlangan arabcha va forscha istilohlarni ishlatdi, u qabul qilg‘on arab istilohlarini rus shaklida emas, to‘g‘ridan-to‘g‘ri arab shaklida qabul qildi.
O‘zbeklar arabcha va forscha ko‘p ta’birlarni saqlagan bo‘lsalar ham, qirg‘iz-qozoqlar butkul mahalliylashdirmakga kirishdilar, qila olmag‘onlarini totorlar kabi rusdan oldilar.
Bu ilmiy istiloh va ta’birlar bobidag‘i vaziyat tilning umumiy tuzulish jihatig‘a ham ta’sirsiz qolmadi.
Qrim, Qofqozyo (keyinroq turkmanlar ham) shevalari usmonlichaga yaqin bo‘lg‘onidan shuncha yaqinlasha bosh-ladilar.
Totorlar esa (boshqirdlar bilan birga) ham jug‘rofiy vaziyatlari, ham bu rus istiloh va ta’birlarini rusdan olish mayli orqasida o‘rusg‘a yaqinlasha bordilar. Totor gazeta va jurnallarining hech bo‘lmag‘onda, 40 foizi rus so‘zlari bilan to‘ldi.
Qirg‘iz, qozoq ziyolisi ham totor izidan bormoqdalar. Bu hol ular uchun tabiiydir, borni tashladilar, o‘zlari tuzub ishga oshira olmadilar. O‘rniga o‘ruscha kirdi.
O‘zbekning bu ikkisidan qaysisiga yaqin ekani hali ochiq emas.
Ahvol, vaziyat shu darajaga kelgandan keyin, turk dunyosining har yerida ayniqsa bu masala yechilishiga ortiqcha muhtoj bo‘lg‘on Qrim, Qofqozyo, totor, o‘zbek, turkmanlar orasida til masalasi yangi bir shaklda qo‘zg‘ol-di, uda til birligi masalasi edi.
Bu masalani boshlab qo‘zgoyun Ismoilbekdir. Lekin bu kishi o‘zi boshlagon ishga ilmiy bir asos qura olmag‘onidan, bu tashabbusi so‘nishga mahkum edi. Bu kun esa bu masalalar ilmiy bir shaklda maydong‘a otilmoqdadir. Buning birinchi namoyandasi «Turk-totor ilmiy sarfi», «Turk-totor lisoniyatina madxal» otli ilmiy narsalar egasi Qrim dorulfununi mudarrisi do‘qtur Cho‘bonzodadir.
Bu zot o‘z asarlarida turklar uchun umumiy bir til kerakligani ilgari suradir va buning uchun tubandagicha muhokama qiladir:
«Adabiy lison ila jonli dil orasinda buyuk farq bordir. Adabiy lisonning yozilub va yozi, kitoblar, maktablar vositasi-la o‘rganilib «qo‘nushma» dilni do‘g‘ridan-do‘g‘ri ixtiyoriy va e’tibori bir suratda o‘rganilmasdin ilari galar. Ishta buning ichin adabiy lison pak oz va pak yovosh va ishdagi holda «qo‘nushma lisoni» pak chobuq va pak ziyoda dagishir. Asosan unga jonli dil demamizing sababida ishta bu tabadduldaki suratdan dulayidir. Bunga ochiq misol arab yozuvida lotin yozili ada-biy lisoni ila, arab va yoxud, lotin shevalari orasidaki farqdir. Sarf kitoblari ishta bu sababdan dulayi durli-durli o‘la bilirlar».
«Ajabo har hangi bir millatning lisoni nuqtai nazaridan yagona sof lisoni o‘lmishmidir va o‘la bilirmi? Buni ado etmak lisonning eng basit qoidalarina oshno bo‘lmoq demakdir. Hech bir millat yo‘qdirki uning yakpora, yaknasaq lisoni o‘lsun. Hatto daho ziyoda taftish edajak o‘lursoq, har farding kandisina maxsus bir toqim etyod va xususiyatlari bordirki, bunlaring hayoti majmuasi uning «shaxsiy lisoni, uslubi, sarfi, nahvini» tashkil etadir».
«Turk-totor xalq lisonlari, hatto qirg‘izlarda doxil o‘ddig‘i hodda bir-biridan tamomila ayrilmish lisonlar holina gaddigi yo‘qdir. Turk-totor lison g‘aruchasindan ayrilib, mustaqil lison holina galmish yalingiz chuvash ila yoqut lisonlari vordir.
Buning uchun butun totor xalq lisonlarining lug‘at, kalima tashkili, nihoyat nahv va uslubini bir yerda to‘plamoq imkoni oz dagiddir va buyla bir tashabbus turk-totor xalqlarining madaniyata kirmalari, quvvatli, madaniy markazlara molik bo‘linmalari ichin favqulodda yordam edajaqdir. Shubhasiz bu xususda qalqub Istanbul shevasi turk-totorlarining umumiy lisoni o‘lmoq ichin cho‘q dagishmak va oni do‘li xalq lisonina yoqlashmoq lozimdir.
Qiron shevasina galinja uning yengil o‘lmiyojoq darajada digar shevalara ta’siri o‘lmoq-la barobar buyla bir vaziyat hokim o‘lmoqda cho‘q uzoqdir.
Muxtalif shevalardan ayri-ayri adabiyot, maktab, matbuot maydona gatirmak savdosi munavvaralaridan pak cho‘g‘ining gechdigi dar bir quridurdir. Holbuki, bu mumkin dagildir. Bugun Donimarqa, Isvich, Nuruch kibi millatlar bilan lisonlaring digar buyuk millatlaring lisonlarini yoqlashdirmaga cholishmoqdadir».
Bu yergacha ko‘chirganimiz Cho‘bonzodaning fikridir. Mashhur pro‘fessur S. Samoylovich ham shu fikrdadir. Bu fikr tarafdorlari turk millatining madaniyatiga kirish uchun «til birligi»ni eng birinchi omil deb biladir. Pro‘fessur Samoylovich Leningrad sharq dorulfununida, Cho‘bonzoda Qrim va Qafqosda oliy maktab talabalariga shu fikrni talqin etmakdadirlar. Bu masalalar oliy, ilmiy ixtisos muassasalarida jiddiy suratda tekshirilmakga boshlang‘ondir.
Ikkinchi masala harf masalasidir. Yangi imlo masalasining Turkiyada, Totoristonda va bizda boshlanganig‘a ko‘b yillar bo‘lsa ham lotin harfni qabul qilish uchun jiddiy muzokaralar pgu ikki yil orasida kuchayib qoldi. Buyuk inqilobimizdan keyin bu masala Totoristonda jiddiyrak qo‘zg‘olg‘on bo‘lsa ham tez so‘ndi. Qofqozyoda esa kundan-kun bu tashabbus ortmoqdadir. Lotinchilarning uyushmalari tashkiloti doirasini kengaytirmakda, matbuotini kuchaytirmoq va ko‘b tarqotmoq uchun tirishmakdadir.
Bu lotinchilik bir yoqdan shu muvaffaqiyatlarga erishmakda bo‘lsa, ikkinchi jihatdan Qrimda, Totoristonda, Qofqozyoda bir kuchli jiddiy qarshi harakat ham qo‘zg‘atmoqdadir.
O‘tgan yil Qrimning mashhur yozuvchilaridan Hasan Sabriy Ayvazuf «Yangi dunyo»ning 3—4 sonida arab harfini yoqlab, lotin harflarining kamchiliklarini ko‘rsatib uzun ilmiy maqolalar yozadi.
Ozarboyjon Maorif komissarining nashr afkori «Maorif va madaniyat» jurnali dorulfunun musarrislaridan Muhiddinning fikrlarini maydonga tashladi. So‘ng vaqtlarda totor muharrirlari ham bu to‘g‘rilarda yoza boshladilar.
Markaz firqa qo‘mitasining nashriyot bo‘limi tomonidan chiqarilaturgan haftalik byullitin «Kniganosha»ning o‘tgan sonlarida ham bu to‘g‘rida yozilib turganidek qo‘limizdagi 26 nchi sonida «Alifbo masalasi to‘g‘risida» bir maqola F.Tohirof imzosi bilan chiqdi.
Bu kishi Fuod o‘rtoqning maqolasini tanqid qilgandan keyin lotin harfini qabul qilish va lotin alifbosiga o‘tish totor madaniyatining o‘sishi uchun yordam qila oladimi, degan savolni bergandan keyin ma’nolarni tubandagicha sanay boshlaydilar:
1-bu kungacha arab hurufoti bilan bosdirilgan maktab kitoblarini qayta boshdan bosdirish kerak bo‘ladi;
2-totor muallimlarini tamoman qayta boshdan tayyorlash;
3-totor matbaalarini tamoman qayta boshdan tayyorlash;
4-qaytadan harf terguchilar tayyorlash;
5-butun totorcha kitoblarni lotin alifbosi bilan bosdirish;
6-yuz foiz savodsiz xalqni o‘qitish.
«Chunki lotincha qabul qiling‘onda butun xalq savodsiz bo‘lib qoladi», degandan keyin o‘rtoq Tohirof: «Agar bu manbalarga qaramasdan lotinchani qabul qilasiz desalar, shu manbalar sababi totor madaniy o‘sishi o‘n yillarcha keyinga ketar va lotinchilarning mashhur «lotincha madaniyat qurolidur» degan qaziyalari quruq bir da’vo bo‘lub qolur», deb ilova qiladir.
Endi bu to‘g‘rida yana Cho‘bonzodani eshitaylik:
«Turk-totorlarning misollari shimdiya qadar o‘rxun, uyg‘ur, seri, yahudiy, rum, armani, rus, lotin, arab, chin harflari-la yozilmishidir.
Lekin muxtalif davrlarda bu yozilar qo‘llanan odamlar hech bir vaqt turk-totor savtlarining xususi nuqgalarini nazari e’tibora olmamish kabi go‘runurlar.
Turk-totor dillarini yozmoq ichin umumiy tiplari olojoq o‘lursiz — A, O, U, D, I, I, O kabi saslari yozajaq harflar ijod etmak lozimdir. Ishta bu oda arab yozisining buyuk qusuri maydona chiqiyur.
Arab yozisi bir cho‘q asrlar tarafinda durk tabaddular kechirishi bo‘lindig‘inda gelishi go‘zal yopilajaq bir harf anda o‘lmoqdan hech bir zamon quritilmayur. Buning ichin shimdiya qadar gerak muallim Nojiy, gerak samilasli Ismoil Haqqa va qozonlilar tarafindan yopilan tajribalarning hech birisi buyuk bir muvaffaqiyatga noil o‘lolmadi. Buni go‘ran va yozining islohi yozilishindan voz kechmak fikrina dushmishlardirki, buning yerina ba’zilar lotin, ba’zilarda rus alifbosining qabulini taklif etmakdadirlar.
Ilm nazarinda arab yozisi ila lotin yozisi orasinda hech bir farq yo‘qdir. Har ikkisida yozishindan chiqaroq birisi sharqa, ditari g‘arba do‘g‘ri inkishof etmishdir. Eng ideal vaziyat bir dildan bo‘lina sas qadar harf ijol etmagimizki, bu darajaya hanuz hech bir alifbo vormishdir. Va dilning durmadan inkishof etdigini nazari e’tibori olalsaq vormoq imkonida yo‘qdir».
Bu fikr egasining aytmak istagani ma’lumdir. Ya’nn arabni lotin bilan alishdirmoqning ilm nazaridan hech bir ortiqlig‘i yo‘qdir deydir.
Yuqoridan beri ketirilgan harf to‘grisidag‘i fikrlarning hammasini bir yerga yig‘saq, shu chiqadirki, bu harfni o‘zgartish masalasi hech bir ijtimoiy foydasi bo‘lmag‘on, balki ko‘b zararlar bo‘lg‘on bir tashabbusdir. Buning ilmiy bir qiymati yo‘qdir. Shuning uchun bu masalalarni qo‘yub madaniy hayotning o‘sushiga yordam beraturg‘on boshqa masalalar bilan shug‘ullanmoq kerakdur.
Mana bu kungi harf — til masalasining vaziyati shundaydir. Bu maqolamizdan maqsadimizda shu vaziyat bilan o‘qig‘uvchilarimizni tanishtirmoq edi.
Ilova o‘laroq shunida bildiraylikki, birinchi o‘ktabrda Bakuda yig‘ilmoqchi bo‘lg‘on butun dunyo turkshunoslar qurultoyi shu masalalarning ko‘tarysh natijasidir va bunda bizning shu yechilmagan tugunlarimiz hal qilinsa kerak.
Agarda bu qurultoy bizning ehtiyojimizni tuzuk tushunib, amalga oshirishi mumkin bo‘lg‘on foydali yo‘llar ko‘rsatsa, bizning madaniy hayotimiz uchun birinchi «yordamchi» mohiyatini qozong‘on bo‘ladir.
This work is in the public domain in the United States because it was first published outside the United States prior to January 1, 1929. Other jurisdictions have other rules. Also note that this work may not be in the public domain in the 9th Circuit if it was published after July 1, 1909, unless the author is known to have died in 1953 or earlier (more than 70 years ago).[1]
This work might not be in the public domain outside the United States and should not be transferred to a Wikisource language subdomain (or as a file it should not be migrated to the Wikimedia Commons) that excludes pre-1929 works copyrighted at home. | |