Til bilmaganlik «xosiyat»i
Shul yaqinlarda Petrog‘raddagi Obuxovskiy kasalxonasinda yarador bo‘lub kelgan bir turkman o‘lubdur. Bu bechora komanda so‘zlarindan boshqa so‘z bilmas ekan. Kasalxonada yotganda holi og‘irlashgandan keyin harakat qilib, imo-ishora ilan bir narsa anglatmoqchi bo‘lgan, turkmancha ham so‘zlab qaragan, lekin kasalxonada turkmancha biladurgan hech bir kishi yo‘qligi uchun aning maqsudini bila olmaganlar.
Kasalxona idorasi “Vechernyaya vremya” gazetasi orqali xalqqa murojaat etub, turkmancha biladurg‘an topilib kelguncha bechora turkmanni umri vafo qilmay olamdan o‘tgan. Til bilmaslik “xosiyat”idan bechora o‘zining dunyodagi vasiyatlarini anglatolmay ojizlik holda dunyodan rihlat qilgan.
Hozir emdi bu voqeadan keyin Petrog‘radda general Davletshin gazeta idoralariga xat yozibdurlarki, minba’d shunday voqealar bo‘lsa, menga xabar berib ma’lumm qilinglar deb iltimos qilibdurlar.
“Q”
“Sadoi Farg‘ona” gazetasi,
1914 yil, 13-dekabr, № 94.
This work is first published in Uzbekistan and is now in the public domain because its copyright protection has expired by virtue of the Law of the Republic of Uzbekistan on Copyright and Related Rights, enacted 2006, amended 2021. The work meets one of the following criteria:
|