Tarahhum qil mani mahzuni zora...

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Tarahhum qil mani mahzuni zora...
by Avaz Oʻtar

Tarahhum qil mani mahzuni zora,
Ayo ko’ngli qotig’ monandi xora.

Firoqing tig’i birla, zy jafojo’,
Bo’lubdur sarbasar ko’nglum chu yora.

Beri kelkim, ayo mah, sandin o’zga
Ko’ngulning mayli yo’h hech bir nigora.

Judolig’ xanjaridin, ey sitamgar,
G’ami hajringda siynam pora-pora.

Mani daryoi mehnat g’arqa aylab,
Nechun, jono, o’zing chekding kanora!

Qilib lutfu karam bu lahza, soqiy,
Qadah sun man hazinu badxumora.

Topib komin, Avaz, olamda ahbob,
Osilsun dushmanimning xayli dora.

This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.

Public domainPublic domainfalsefalse