Taolalloh, zihi surat, zihi mahbubi ruhoniy...

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Taolalloh, zihi surat, zihi mahbubi ruhoniy...
by Sayfi Saroyi
332266Taolalloh, zihi surat, zihi mahbubi ruhoniy...Sayfi Saroyi

Taolalloh, zihi surat, zihi mahbubi ruhoniy,
Kim oning husni shavqindin ko‘ngullar bo‘ldi nuroniy.

Mufarrih shevali dilbar, tili to‘ti, so‘zi shakkar,
Kiyik ko‘zli, qamar manzar, malohat mulki sultoni.

Ko‘ngul olur ko‘zi oli, farah berur engi oli,
Bo‘yidur sarvning toli, yuzi jannat gulistoni.

Gunashtek belgili shohid, jamoli qavlima shohid,
Kechar hasrat bilan zohid yiroqdan ko‘rmaga oni.

Alo, ey dilbari manzur, bu ko‘rkingga bo‘lub mag‘rur,
Ko‘ngullar qilmag‘il ranjur, kechar bu husn davroni.

Bu muddatni g‘animat bil, bu fursatda vafolar qil,
Bu izzat birla bo‘l ko‘p yil, xaloyiqning sevar joni.

Qoshing chun bayram oyidur, jahon husning gadoyidur,
Qulung Sayfi Saroyidur, bukun ul sun’ hayroni.

This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.

Public domainPublic domainfalsefalse