Jump to content

Tabiiy ishlar

From Wikisource
Tabiiy ishlar (1924)
by Hoji Muin
334466Tabiiy ishlar1924Hoji Muin

Bizning yurtimiz, elimiz va hatto rasmiy idoralarimizda g‘ayri tabiiy qiliqlar, ishlar qancha ko‘b bo‘lsa, tabiiy ishlar ham o‘shancha ko‘bdir.

Bulardan g‘ayritabiiylarini yozmay o‘tsaq, albatta, «Mashrab» qo‘rqdi, yoki mudohana yo‘lini tutdi deb haqqimizda «husni zan» qilg‘uvchilar chiqib qolishi tabiiy bo‘lg‘onidek, yozg‘onimiz taqdirda boshimizning qalamdek kesilishi ham tabiiydir. Shuning uchun bu daf’a yolg‘iz tabiiy ishlardan bir nechtasini ko‘rsatib o‘tish maslahat ko‘ruladir.

Biz hamma vaqt har yerda hukumat idoralarini yerlilashdirish — tubjoylashdirish uchun kuchimiz boricha hayqiramiz, qichqiramiz. Bu yo‘dda bor dovshimizni bitirib o‘zimiz charchab qolg‘onda, chala xat-savodliq bir mo‘ltoqni olamiz-da, zo‘r bilan uni bir idoraga tiqib yuboramiz. Quloch-quloch qarorlar yozib bo‘lg‘ondan so‘ng «qani pul!» deganda jonimiz chiqadir… Mana, tubjoylashdirish to‘g‘risidag‘i ishimiz shu hodda ekan, inshoolloh qiyomat yaqinlashqonda, to‘rtinchi osmondan hazrati Iso tushib, bu muhim vazifamizni bajarib berishi tabiiydir.

Ulug‘ vazifalarimizdan biri xurofot bilan kurashish edi. Xudoga shukrki, bu ishimiz ham o‘zining tabiiy yo‘lig‘a tushib borayotibdir. Chunonchi, biz eshonlardan qancha uzoqlashsak va ularni qabih alfoz bilan so‘ksak, ular bizga shuncha yaqinlashadirlar va hatto go‘sht-po‘stimizga kirib boradir. Biz ularni qancha ezsak, ular ishchi-dehqonlarimizni shuncha ezadirlar. Biz bu hollarni ko‘rib, «ko‘zim ko‘rmasin, go‘shtimni bo‘ri yesin», deymizda o‘zimizni bilmaslikka sola beramiz. Bu ishimiz ham shu tusda ekan, yoqamizni hali beri xurofot changalidan qutqara olmaslig‘imiz tabiiydur.

Bizning hayot-mamot masalalarimizdan birtasi, shubhasiz, oliq-soliq ishidir. Bu ish ham «mo favqa at-tabiiy» yo‘lig‘a tushib ketayotibdir. Rasta-bozorlardagi soliqlarimiz juda tartiblikdir. Bu yerda pashshaning ham «g‘ing» ztishini ko‘ra olmaysiz. Ya’ni hamma rozi, ishlar o‘z joyida. Eng ichidagi olish-berish bozori juda chaq-chaq. Birov bir daqiqada boy, boshqasi bir soatda gadoy bo‘lmoqdadir. Soliq ishlari ham shu yo‘l bilan keta bersa, do‘konlarning og‘zi ochilib qolishi va shuning bilan hamma boychalarimizning ishchi-dehqon sinfiga kirib ketishi tabiiydur.

So‘zimizning adog‘ida shahrimizdagi qiziq bir manzarani ham ko‘rsatib o‘taylik: Samarqandda Zarafshon degan bir daryo bor. Buning ustiga bir emas, ikkita ko‘prigi ham

bor. Ishning qizig‘i shundakim, bizning nodon xalqimiz shaharga borish-kelishi uchun shunday ko‘priklardan o‘tmay, suvda bir sho‘ng‘ib ertasi Buxorodan chiqadirlar… Bu qatnashlar ham shunday davom etabersa, qishg‘acha barcha ishchi-dehqonlarimizning Buxorog‘a o‘tib ketishlari tabiiydir.

Boturbek

«Mashrab», 1924 yil, 4-son


This work is first published in Uzbekistan and is now in the public domain because its copyright protection has expired by virtue of the Law of the Republic of Uzbekistan on Copyright and Related Rights, enacted 2006, amended 2021. The work meets one of the following criteria:
  • It is an anonymous or pseudonymous work and 50 years have passed since the date of its publication
  • It is a posthumous work and 70 years have passed since the date of its publication
  • It is another kind of work, and 70 years have passed since the year of death of the author (or last-surviving author)
  • It is one of "official documents (laws, resolutions, decisions, and etc.), as well as their formal translations; official symbols and marks (flags, emblems, orders, banknotes, and etc.); works of popular art"