Suhayl va Guldursun

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Suhayl va Guldursun
by Sayfi Saroyi
332279Suhayl va GuldursunSayfi Saroyi

Emas afsona chin ushbu bitilmish,
Bu chin afsonatek ishqda yetilmish.

Ayittim og‘labon davrim jafosin,
Bir erning qissayi ahdu vafosin.

Temur Urganja tortib keldi lashkar,
Ko‘rub ko‘z — ko‘r, bo‘lib qoldi quloq — kar.

Qo‘zutti1 jang bilan olamda to‘fon,
Oqitti suv tekin yer uzra ko‘p qon.

Ekinchi evlari yoqildi o‘tqa,
Buday sovruldi, tuproq bo‘ldi bo‘tqa.

O‘lib katti so‘g‘ishda6 To‘xtamishxon,
Tiri ayrildi tuvg‘ondin tug‘ushg‘on.

Suhayli alpni elttilar asirga,
Hama qoldi bo‘lub ojiz bu sirga.

Sipohiylar qilolmay qoldi chora,
Faqat qondirdi bu g‘am dilda yora.

Suhayl husni erur Yusufdin oliy,
Etar mot olmani yuzining oli.

Biyik ardamlari bor, so‘zi shirin,
Bo‘lur oshiq ani ko‘rganda Shirin.

Vale javr toshi yog‘ib boshi uzra,
Etiðti boshini xam qoshi uzra.

Una yo‘qtur zulmkorlarda parvo,
Kima mungaysin etib darda davo?

Faqat holini ko‘rganlar etur oh,
Uchar atrofda qushlar – dardli hamroh.

Bo‘lub mutrib gulistonlarda bulbul,
Qilur ming turli nag‘ma birla g‘ulg‘ul.

Boshin egmish yetib oltin boshoqlar,
Boshoqlarni ekinchilar mashoqlar.

Yig‘or don el uchun shundan ekinchi,
Erur bor ekmagidindur ilinji.

Og‘ochlarda shakar tekin yemishlar.
Bu yerni ellari ujmoh demishlar.

Suhayl shu yo‘l uzar bormoqda g‘amgin,
Sevinchi qora kiygan, ko‘zi namgin.

Uning ko‘nglinda so‘lg‘inliq hamisha,
Ko‘rinmas unga gulzoru na besha.

Suhaylning chohda yotmishi

Poyu ilkin etib zanjir bilan band,
Og‘ochnida anga ettilar poband.

Va oni tashladilar katta chohga,
Sira osmay alar go‘sh ohu vohga.

Gunash dunyo yuzindin chohg‘a botti,
Uzulgan gul tekin tuproqda yotti.

U yotgan choh ichi yo‘q shu’layi nur,
O‘langamas tiriga erdi bir go‘r.

Va lekin erdami bor, suv o‘lmas,
Qavilarg‘a hech anda qo‘rquv bo‘lmas.

Falak aylanmasi-la davr yetgay,
Adolat urlug‘undin baxt bitgay.

Suhaylning tush ko‘rmishi

Azob ichra yotib zindonda Suhayl,
Etardi horg‘onida uyquni mayl.

Ko‘rub uyquda ham qo‘rquvli tushdin,
Qolurdi ayrilib har damda hushdin.

Bu tushda: bir pari bog‘da yurarmish,
Yurub bog‘ ichra u gullar terarmish.

Deyub anga Suhayl: «Ne gul terursen?
O‘zing gulshanda ko‘rkli gul erursen.

Nedur zoting, pari yo odamizod?
Manga ayt, odingi doim etay yod,

Shukurlar etoyin allog‘a ming bor,
Ki yetkurdi manga sentek gunash yor».

Javob kutti bo‘lub u ish aro mast,
Vale taqdir kulub tez bermadi dast.

G‘azoldek silkinib qochti parivash,
Suhayl ko‘nglig‘a tashlab katta otash.

Suhayl yurdi pari qochg‘an sorig‘a,
Yetay deb mahvashi — dilkash parig‘a.

Yetolmay ko‘rgoni ruxsori mohg‘a,
Yiqildi yugrubon6 poy uzra chohg‘a.

Uyonib bildi shunda tush ekonin,
Va sezdi botg‘anin anduh tikonin.

Shoh qizi Guldursun Suhaylni ko‘rgoni
va uni sevib qolg‘anin bayoni

O‘lan uzra qurulg‘an xaymada shoh,
Zafardan shod bo‘lub yotmishdi ogoh.

Bor erdi shoh qizi, Guldursun oti,
Tilim evrilmas aytmog‘a sifoti(n).

Emas gul yuzi Guldursundin ortuq,
Aning ko‘nglinda ishq tengizdin ortuq.

Eturdi fasli gul sayri xiyobon,
Necha mahramlari birlan xiromon.

Shu on kelturdilar chohga Suhaylni,
Guldursun boqibon to‘xtatti saylni.

Suhaylni ko‘rdiyu, aylandi birtek
Kunash girdinda yurgan misli – yertek.

O‘zin gul bildiyu, bulbul — Suhaylni,
Uni sevdiyu, taslim etti maylni.

Va ne chora qisin bulbul qafasda,
Kerak gul g‘unchasi ozod nafasda.

Sevar bulbul gulin, gul bulbulin ham,
Nechun gul aylasin bulbul ko‘zin nam?

Kelib Guldursun ko‘nglina bu so‘zlar,
Kejib kunlarki, bunga chora izlar.

U izlab chora, yaxshi chora topti,
Solib ichina g‘urniq evi yopti.

Evini istadi posbong‘a bermak,
Kechin borib Suhaylni o‘ldi ko‘rmak.

Guldursunning chohg‘a tushub Suhayl bilan so‘zlashg‘oni

Kechin bo‘lg‘ach, borib posbong‘a o‘tru,
O‘zin xohishin aytti anda o‘tru.

Epi yeb, isrigach bir onda posbon,
Choh ichra boqti tez xurshidi tobon.

Ne ko‘rsunkim, bo‘lub tuproqda behol,
Suhayl yotur, toptolmish yang‘li gul ol.

Ko‘rub Guldursun og‘lab holig‘a yuz,
Choh ichra kirdi, qo‘ydi yuzina yuz.

Suhayl boshin ko‘torib ko‘rdi qizni,
Qul ermas, podshoh deb sezdi o‘zni.

O‘nginda tushdakin ko‘rganga u shod,
Alam toshi sinib, dil bo‘ldi ozod.

Alar yuz qo‘yishib bir-bir yuzina,
Uzoq boqishtilar bir-bir ko‘zina.

Guldursun aytti anga: Men fidoying.
Suhayl aytti anga: O‘ldim gadoying.

Seningsiz manga olamdur qarong‘u,
O‘limda solmag‘ay bizlara g‘ulg‘u.

Agar ming jonim o‘lsa senga tortiq,
Bo‘lurmu do‘stu yorliq shundan ortiq?

Suhayl bilan Guldursunning chohdin
chiqib qochg‘onlari bayoni

Bu kech sengayu menga keldi bir gez,
Dedi Suhaylg‘a Guldursun: «Turub tez

Chiqib chohdin uzoqlarg‘a qochaylik,
Bu yerda ag‘lamay ko‘ngil ochaylik».

Suhayl kiydi turub arvad qumoshin,
Chiqarsa kimsa yo‘q, chohdin u boshin.

Alar qo‘ydi ikkisi yo‘l sari poy,
Boqib turg‘onda yo‘lg‘a zar sochib oy.

Birikib ketti oshiqlar uzoqqa,
Ilinmay yo‘l uza qo‘yg‘on tuzoqqa.

Alar ko‘p yurdiyu sahrog‘a kirdi,
Gunashdin sahro ichra do‘zax erdi.

Yo‘q erdi suv, yemakka anda o‘tmak,
Agar bo‘lganda ham aqchasi lak-lak.

Uchib kelmas edi qushlar bu yerga,
Topilmas erdi suv, tashna har erg‘a.

Yiqildi tashna Guldursun ochindin,
Ko‘mak kimdin kelur, cho‘l ichra kimdin?!

Suhayl bordi topurg‘a suvg‘a, dong‘a,
Vale darmon berolmay qoldi jong‘a,

U yolg‘iz sahro ichra qoldi yolg‘iz,
Bo‘lub tashna, qurub qolg‘ontek ildiz.

Menga yaxshi dedi yor birla o‘lmak,
Na lozim g‘am bilan dunyoda qolmak!

Shu so‘zni aytti, tig‘ urdi o‘zig‘a,
Ko‘rinmay qoldi keng olam ko‘zig‘a.

Suhayl ohidin shu dam qo‘pti bo‘ron,
Aningtekkim, buzuldi charxi davron.

Alar uzra to‘kildi, ko‘mdi tuproq,
Bu sirni tanho sahro bildi ko‘proq.

Anga keldi sharaf mard o‘lmagindin,
Na kelgay erdi qo‘rqub qolmagindin?!

O‘lurmu sevgi ham bil, shundin ortuq,
Ki ikkisi qilur jonini tortuq.

Xotin sodiq, ani sevgil, aziz er,
Har og‘ir ishda ham doim seni der.

Unga do‘st bo‘l, uni sevgil, ko‘ngul ber,
Uning so‘z bahridan gavharlarin ter!

Kelib ko‘nglima Majnun, Layli yodi,
Dafotir ustina so‘z seli yog‘di.

Bo‘lur bu bitikkim, tarixga yodgor,
Bu yodgorimda yolg‘on yo‘g‘u chin bor.

Bitilgan nomani ellar o‘qug‘ay,
Suhaylning tarixini toza bilg‘ay.

Iloho, asragin Sayfi Saroying,
Xalos aylab zulmdin keng saroying.

Edi yuz to‘qson olti, navro‘z oyi,
Xatm etti buni Sayfi Saroyi.

This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.

Public domainPublic domainfalsefalse