Sug‘orish ishlari

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Sug‘orish ishlari  (1924) 
by Abdulhamid Choʻlpon

Hukumatning ortiq darajada ahamiyat bergan bir narsasi – sug‘orish ishlari. Muni hamma biladi desak xato bo‘lmas.

Turkiston jumhuriyatining budjetidagi ulgurji raqamlarning oldini ham shu sug‘orish raqamlari bo‘lsa kerak. Gazetalarda, sug‘orish ishlar ishlari uchun chiqarilgan mablag‘lar juda ulgurji uchraydur.

Lokin, ul mablag‘laprning sarf etilishida qing‘irliq demayik, nobajolik, isrof, ortiqcha sarflar ko‘b bo‘lg‘anligini ko‘rsatib ketmak lozim. Bu masalaning juda qichiq joyi.

Shu xususda bizning uyezda bo‘lg‘an bir ishni yozub o‘tmakchi bo‘laman: Andijon atrofining suv idorasi, yaqinda shahar va uyezdagi hamma orig‘ oqsoqollarining ro‘yhatini ko‘rub chiqmoq uchun ijroqo‘mg‘a topshurg‘an. U ro‘yxat ijroqo‘mning majlisida qaralub chiqdi. Allaqancha gap-so‘z bo‘ldi, xo‘b tekshirildi. Natijada: shahar va atrofiga tayinlangan oqsoqollarning adad e’tibori bilan ko‘b bo‘lg‘anliqlari onglashildi. Masalan: Soy orig‘ig‘a bir emas, 2-3 oqsoqol tayinlangankim, buning suv bo‘lish ishida ko‘b zarari va o‘ngg‘aysizlig‘i ko‘rulsa mumkin. Bundan tashqari haligi oqsoqollarning ko‘bi mahalliy ijroqo‘mning fikr va xohishi olinmasdan turub, qo‘yilg‘an.

Ijroqo‘m shu hollarni e’tiborg‘a olub turub qaror berdikim, mazkur oqsoqollarning ijroqo‘m bilan qamtu tayin qilinishlari to‘g‘risida muzofot ijroqo‘mig‘a murojaat qilinsun.

***

Ijroqo‘mning qarori juda to‘g‘ri. Faqat, masalani umumiyroq qilib hal etishi uchun tegishlik idoralarning harakati lozim. Sug‘orish ishlari – Turkiston dehqonchilig‘ining joni, asosi. Shu jonni aylantirib turgan olat (apparat)ni tubjoy xalqg‘a yaqinlashtirmoq kerak. Ham: yaqinlashdirish gapda emas, ishda, amalda bo‘lushi lozim.

Bilmadikkiim, bu to‘g‘rida markazimiz nimalapr qilg‘an va nimalar tushungan bo‘lsa?

Mahallarni tanimasliq

Yuqorida sug‘orish ishlaridagi chatoqliqlardan yozdim. U ishning ham tagida bir hol bordurkim, u-da – ba’zi bir markaziy idoralarning mahallar bilan hisoblashmasliqlari va mahallarga “bu ham odammi?” deganday qilib qarab, markazning mahallardan to‘plang‘anini, mahal uchun yashag‘onini bilmaganliklaridur.

Andijon ijroqo‘mida shu to‘g‘rida ham bir masala ko‘ruldi. Ya’ni: muzofot va markazning ko‘b iqtisod idoralaridan ish uchun kelgan vakillar, ishlari to‘g‘risida mag‘halliy ijroqo‘mga xabar bermasdan mahaldagi qiladurg‘an ishlari to‘g‘risida mahalning hokim idorasini xabardor qilmasdan to‘ppa-to‘g‘ri tegishlik idoralapr bilan gaplashib ketaberar ekanlar.

Bu holning to‘g‘ri emasligini ko‘zda tutub va ham mahalliy hukumatni o‘z qo‘l ostidag‘i hamma idoralarga yaqinlashtirib, bog‘lamoq maqsadi bilan ijroqo‘m, shul xususda chora ko‘rulushini so‘rab muzofotga murojaat qildi.

Muzofot, mahallarning bu haqliq talabitga darhol “ho‘b” desa kerak.

Q

«Farg‘ona» 1924-yil 10-fevral.

This work is first published in Uzbekistan and is now in the public domain because its copyright protection has expired by virtue of the Law of the Republic of Uzbekistan on Copyright and Related Rights, enacted 2006, amended 2021. The work meets one of the following criteria:

  • It is an anonymous or pseudonymous work and 50 years have passed since the date of its publication
  • It is a posthumous work and 70 years have passed since the date of its publication
  • It is another kind of work, and 70 years have passed since the year of death of the author (or last-surviving author)
  • It is one of "official documents (laws, resolutions, decisions, and etc.), as well as their formal translations; official symbols and marks (flags, emblems, orders, banknotes, and etc.); works of popular art"

Public domainPublic domainfalsefalse