Jump to content

Subhkim, ul sarvi gulro‘x sayri gulzor ayladi...

From Wikisource
Subhkim, ul sarvi gulro‘x sayri gulzor ayladi...
by Muhammad Rahimxon Feruz
332698Subhkim, ul sarvi gulro‘x sayri gulzor ayladi...Muhammad Rahimxon Feruz

Subhkim, ul sarvi gulro‘x sayri gulzor ayladi,
Sarvu gulg‘a qaddu ruxsorni namudor ayladi,
Sarv qaddig‘a egib bosh qulluq izhor ayladi,
Gul yuzin surtub poyig‘a o‘zini xor ayladi,
Rashk tig‘i joy ila ko‘ngulni afgor ayladi.
Do‘stlar, ul dilrabo ishqi mani zor ayladi.

Gar nafas qilgach nazora ul quyosh ruxsorga,
Jon ko‘nglum qoldi ishqi ranjidin ozorg‘a,
Aylasam jonim fido boqmay man bemorga,
Har nafasda ko‘rguzur yuz iltifot ag‘yorg‘a,
Aylamas bir rahme zohir man g‘aribu zorg‘a,
Do‘stlar, ul dilrabo ishqi mani zor ayladi.

Jonfizo la’lin takallumga oyursa nogahon,
Har kalomidin topar o‘lgan badan ruhi ravon,
Go‘yiyo uldur bu davron nchra Isoyi zamon
Kim, kishi ko‘rmaydur andoq mahvashi shirin zabon,
Ayb qilmang, istab oni, aylasam ohu fig‘on,
Do‘stlar, ul dilrabo ishqi mani zor ayladi.

Xo‘b emastur qaddi to‘’bi qomati raftoricha,
Dilkash ermas ravzai rizvon yuzi gulzoricha,
Yo‘qturur xurshid nuri jabhai anvoricha,
Sunbul ermas atrparvar zulfi anbarboricha,
Tong emas, vaslin talab qilsam agar jon boricha,
Do‘stlar, ul dilrabo haqi mani zor ayladi.

Ohkim, tarki muhabbat aylabon ul dilrabo,
Notavon jonimg‘a ko‘rdi hajr anduhin ravo,
Muncha ham bo‘lg‘oymu bir bedilg‘a qilmoqlik jafo,
Dilrabolig‘ rasmida avval qilib mehru vafo,
So‘ngra qildi mehnat hijroni birla mubtalo,
Do‘stlar, ul dilrabo ishqi mani zor ayladi.

Ul quyoshdin ayru bir zarra qarorim qolmadn,
Aqlu hushim ketdi-yu, sabr-ixtiyorim qolmadn,
Dardi hijron chekkali tanda madorim qolmadi,
Vasl uchun aylab gadoliq nangu orim qolmadi,
Yig‘lamoqdin o‘zga hajr ichra shiorim qolmadi,
Do‘stlar, ul dilrabo ishqi mani zor ayladi.

Ishq mulkida edim Feruzbaxtu komkor,
Amrima ma’mur erdi necha sho‘xi guluzor,
Lekin oni ko‘rgach o‘ldum bandasi beixtiyor,
Qolmayin ko‘nglum aro bir zarracha sabru qaror,
Aql ila hushu xiradni qildi mandin beqaror,
Do‘stlar, ul dilrabo ishqi mani zor ayladn.


This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.