Sog‘liqni saqlash ishlari

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Sog‘liqni saqlash ishlari  (1924) 
by Abdulhamid Choʻlpon

Ijroqo‘mning so‘ng majlislaridan birida sog‘liqni saqlash shoʻbasining ma’ruzasi eshitildi. Shaharda: sog‘liqni saqlash ishlari bu yil burung‘ig‘a qarag‘anda juda tuban bo‘lsa ham qishloq va ovullarg‘a qarag‘anda durust ekan. Bir muncha kamchiliklari bilan birga bir kasalxona, 2 muolajaxona (ambulatoriya), 2 doruxonasi bor. Do‘qturlar ham yo‘q emas, bor. Ko‘z og‘rig‘i, quloq-tomoq kasallari uchun usta do‘qturlar bo‘lsa ham, boshqa kasallarniki bor. Bittagina bo‘lsa-da xotun do‘qtur ham bor va hokazo.

Endi “qaychi”ning narigi tarafiga kelaylik; rayonlarning ahvoli juda yomon. Ba’zi bir rayonlarda kasalxona bor (Jalolobod), ba’zilarida muolaja xona bor. Ba’zilarida hech narsa yo‘q. Kasalxona, muolajaxona, do‘qtur, felder kabi narsalarni eshitmagan ikki bechora rayon bor: Izboskent, Haqqulobod; bular shahardan allaqancha uzoq, temir yo‘l yo‘q. So‘ng yillarda har xil kasallar ham ko‘bgina.

Ijroqo‘m shu hollarni ko‘zda tutub sog‘liqni saqlash shoʻbasig‘a qattig‘ buyruq berdikim, Jalolobod rayonidagi 3 shifoxonadan bittasini Izboskent va bittasini Haqqulobod rayoniga ko‘chirish chorasiga kirishsun.

Q.

“Farg‘ona” gazetasi,

1924-yil, 21-fevral, № 148.

This work is first published in Uzbekistan and is now in the public domain because its copyright protection has expired by virtue of the Law of the Republic of Uzbekistan on Copyright and Related Rights, enacted 2006, amended 2021. The work meets one of the following criteria:

  • It is an anonymous or pseudonymous work and 50 years have passed since the date of its publication
  • It is a posthumous work and 70 years have passed since the date of its publication
  • It is another kind of work, and 70 years have passed since the year of death of the author (or last-surviving author)
  • It is one of "official documents (laws, resolutions, decisions, and etc.), as well as their formal translations; official symbols and marks (flags, emblems, orders, banknotes, and etc.); works of popular art"

Public domainPublic domainfalsefalse