So’fi Ollohyor g’azaliga muxammas

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
So’fi Ollohyor g’azaliga muxammas
by Xoʻjanazar Huvaydo

Yorni bad mehridin, ey do’stlar, jonim mening,
Kuydum, o’rtandim falakka chiqti afg’onim mening,
Rahm etib kelmas, netay, oldimga jononim mening,
Ezdi bag’rim, teshti ko’ksum dog’i hijronim mening,
Bu alamda, muncha g’amda chiqmag’an jonim mening.

Kofiri nafsim bila bo harba bo’lsam ishqida,
Oshiqi julidamu bejubba bo’lsam ishqida,
YO gadoi bevatan, bekulba bo’lsam ishqida,
Darda to’lsam, g’amda so’lsam, telba bo’lsam ishqida,
Hasratida mundog’ o’lsam, yo’qtur armonim mening.

Hajr ila bir o’ldimu zavqu xurushim qolmadi,
Ketti tandin quvvatim, so’zlarga hushum qolmadi,
Burnog’idek el aro hazlu kulushim qolmadi,
Dipda sabrim, yuzda sharmim, boshda hushum qolmadi,
Ko’zda yoshim, ragda qonim, tanda darmonim mening.

Shodliq o’rniga g’am bo’ldi, netay, saddulmasad,
Harna kulfat bo’lsa sandin, ko’torur miskin jasad,
Lutf qil, holimga boq, ey podshohi besanad,
Holatim bad, hasratim behad, fig’onim beadad,
Qip madad mandek yiqilg’on qulga sultonim mening.

Ey sanam, hajringda qildim xonumonimni sabil,
Qatrai qonimga bilman koshki bo’lsam qatil,
Oh sardu ro’yi zardimni ko’rubon rahm qil,
G’ussai dil, qissai mushkulga qoldim oyu yil,
Obu gil ichra xijil qolg’on tanu jonim mening.

Demagil yerni yuzini lolagun qildi bahor,
Chashmi xunbori Huvaydoga nazar qil, ey nigor,
San agar rahm etmasang, mushkul erur bu koru bor,
Aytib Allohyor yig’lar zor har laylu nahor,
Tig’i ishqi yor to’ksa koshki qonim mening.

This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.

Public domainPublic domainfalsefalse