Soʻz duri noyob erur, oni qilur izhor til...

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Soʻz duri noyob erur, oni qilur izhor til...
by Komil Xorazmiy

Soʻz duri noyob erur, oni qilur izhor til,
Husnidin foida gar boʻlmasa durbor til,
Oʻzga soʻzlar degach, oʻldi mujibi ozor til,
Bazm aro mundoq takallumgʻa chu ochti yor til,
Huqqai yoqutdin sochdi durya shahvor til.

Garchi qotil koʻzlari ushshoqigʻadur jonsiton,
Lek jonparvar kalomi bordurur ruhi ravon,
Bu jihatdin ishq yoʻlida mangadur biymi jon,
Yuz oʻlukni tirguzub toʻtidek aylar xushbayon
Ul masih ochsa qachon soʻz derga shakkarbor til.

Soʻz chogʻi alfozining behaddu poyon lazzatin,
Topgʻolv koʻnglum sogʻinmas obi hayvon lazzatin,
Vasf yuz ming til bila qilmoq ne imkon lazzatin,
Chui eshitgach, har soʻzidin topgʻoman jon lazzagin,
Vah boʻlur erkoi nuchuk odamgʻa bu miqdor til.

Hajr aro gar ming alam yetsun mani bermorgʻa,
Tigʻi gʻam yuz zahm yetkursun dili afgorgʻa,
Tarki nshq et dema hargiz, nosiho, man zorgʻa,
Yoʻq gʻamim ishq ichra oʻlmakdin, nedinkim yorgʻa
Qilgʻusi har dam masiho moʻ’jizin izhor til.

Eyki bir Layli gʻami koʻnglingda tushmishdur qaror,
Fosh etib, boʻlma ani, devonau Majnunshior,
Boʻlmasun desang bu maxfi rozim elga oshkor,
Ishq sirrin tilga kelturma koʻnguldin zinhor,
Kim emastur ishq eliga mahrami asror til.

Har necha boʻlsun soʻzung mavzunu, nugqung jonfizo,
Ahli dunyo ollida yoʻqtur anga qadru baho,
Ulki ikki nukta debtur bordurur biri xato,
E’tiboru izzat istar; kimsakim olam aro,
Yo kerak bisyor zar, yoʻq ersa purguftor til.

Komilo, nutqung agarchi guldurur bexor emas,
Soʻz necha shirin erur xomoʻshligʻcha bor emas,
Oqil uldur dahr aro harkimki purguftor emas,
Boʻlma mahzun, Ogahiy, gar til senga hamvor emas,
Sanda xud gar boʻlmasa xomangda bor hamvor til.

This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.

Public domainPublic domainfalsefalse