Siyosiy hollar

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Siyosiy hollar  (1917) 
by Abdurauf Fitrat

Musibat ustina musibat! Rusiyaning hozirgi holini ochiq tasvir etmak uchun mundan yarasharoq so‘z yo‘qdir. O‘zgarishdan so‘ng Rusiyaning har tarafindan ochliqlar, yong‘inlar, talonlar, o‘lumlar, o‘ldurmalar bo‘lub turg‘an chog‘da birda chiqib qolg‘an g‘olibiya mag‘lublig‘i bilan buning ustig‘a tortilmas bir yuk bo‘lub cho‘kgan Rig‘o ketishini ko‘zda olsak va bunlar orqasindan bosib kelgan Boltiq mag‘lubligini o‘ylasak, Rusiyani musibat ustinda musibat bosayotibdir. Rusiya amrinda emdigi tuyoklarin ostinda yotibdir deyarg‘a bizni majbur qilur. Voqea Rig‘o kabi chidamli bir qo‘rg‘onning uch kunda ketmasi Boltiqdagi kimsalarning chopibg‘ina anglamasi, yolg‘uz ishtahalarni emas, o‘z istiqbollaridan ruslarning o‘zlarini dahi ma’yus qilur, rus kuchindagi e’timod va e’tiborlarni tubindan churutur hodisalardan edi. Ortiq ruslarning oxirlari qolg‘an bo‘lsa, butun-butun muttafiqlarig‘a qolg‘an edi. Ruslar «ehtimolki, muttafiqlarimiz o‘z maydonlarina orqasi aysimas yurushlar qilib, bizni o‘zigagina undururlar» deb o‘ylay edilar.

Rus siyosiylari shunday bir umid bilan urunib turmoqda ekan, birdan Italiya qo‘shuni buzuldi. Olmonlar Italiya uzra temur yumruqlarini undirdilar va Italiya qo‘shuni o‘z boshini olib, Olp tog‘lari orqasiga chiqorg‘a majbur bo‘ladi. Olmonlar, yo‘llari uzra Italiya qo‘shunindan ming bo‘yla kuchliroq bir mone’ bo‘lg‘an Olp tog‘larin oshib, Italiya sahrolarig‘a indilar. Ortiq Italiya o‘lkasining har yoniga olmon qo‘shuni uchun yo‘llar ochildi…

Italiyaning bu qo‘rqunch mag‘lublig‘i yolg‘iz italyonlar uchun emas, ruslar uchun daxi buyuk bir musibat bo‘ldi. Chunki yong‘inlarinda, badbaxtlik loyqalarinda botib qolg‘an Italiyaning qo‘lindan ololmag‘an muttafiqlar qo‘shunindan Rusiya uchun ko‘mak ko‘zlayikning ma’nosiz bir edugini yangidan isbot qilib berdi. Buning natijasinda Rusiyada yangi bir balo bosh ko‘tardi, bolshevik balosi!

Bolsheviklar ikkinchi yo‘la qo‘zg‘aldilar. Bu qo‘zg‘alishlari birinchisi kabi bo‘lmadi. Bu daf’a buyuk ish qurdilar. Petrog‘radni olib, Kerenskiyni Rusiyaning sodiq bolalarini oxtarib topib, to‘plab keturmak uchun maydonlarig‘acha ketarg‘a majbur etdilar. So‘ng xabarlarga ko‘ra, Kerenskiy tevarakdan to‘plab keturdigi qo‘shun bilan bolsheviklarni yengmish va Petrog‘radni unlarning qo‘lindan yangidan olmishdir.

Olmish, ammo bolshevik balosi boshqa bir tarafdan bosh ko‘tardi: Toshkandda to‘rt kunlik qonli bir urushmadan so‘ng, u yerni kerenskiychilardan bo‘shatdi. Ehtimolki, Kerenskiyning Petrog‘raddagi g‘oliblig‘i Toshkand mag‘lublig‘ini e’tibordai tushurar; ehtimolki, Kerenskiy Petrog‘rad ishini tuzatgandan keyin Toshkandni daxi yanadan olur. Lekin shunlargina bilan bolshevik kuchining yo‘q bo‘lurini umid etmak to‘g‘ri emas. Bolsheviklarning ikkinchi chiqishlari bilan birinchi chiqishlari orasidagi ayirbodni ko‘rgan kimsalar uchinchi bir chiqishning qanday bo‘lurini onglab olsalar kerak.

Biz turkistoniylar uchun har holda kerenskiychilar bilan bolsheviklar orasindag‘i kurashning bitib ketmadigini ko‘zda tutib, o‘z yo‘llarimizni shunga ko‘ra tayin etmak kerakdir. Bilamizki, hozirda kurashib turgan bu oygi firqaning har biri hurriyatchidir. Ikkisining ham bizga zararli tushunchalari oxirda yo‘qdir. Zero, bunlardan birontasi istibdod tarafdori emasdir. Telbalik qilib chopibg‘ina bunlardan birini yoqlamoq foydali bo‘lib chiqmas. Rusiyada istibdod tarafdorlari chiqmaguncha musulmon kuchini sarf etmak xatodir. Hurriyatchi ikki partiya orasinda bo‘laturg‘an urushlarg‘a qotishmoq, bunlardan birini yoqlab o‘zgasidan yuz qaytarmoq ehtiyotsizliqdir. Bunlarning ham bizning so‘zimiz shu bo‘lg‘ulidirki: biz musulmonlar sizning hech biringizdan nafrat qilmaymiz. Bizning milliy vataniy haqlarimizni g‘asb etmak fikriga tushmaguncha biz hech biringizga dushman bo‘lmaymiz.

Mana hozirda turkistoniylar uchun xatarsiz yo‘l shu yo‘ldir.

«Hurriyat», 1917 yil, 49-son

This work is first published in Uzbekistan and is now in the public domain because its copyright protection has expired by virtue of the Law of the Republic of Uzbekistan on Copyright and Related Rights, enacted 2006, amended 2021. The work meets one of the following criteria:

  • It is an anonymous or pseudonymous work and 50 years have passed since the date of its publication
  • It is a posthumous work and 70 years have passed since the date of its publication
  • It is another kind of work, and 70 years have passed since the year of death of the author (or last-surviving author)
  • It is one of "official documents (laws, resolutions, decisions, and etc.), as well as their formal translations; official symbols and marks (flags, emblems, orders, banknotes, and etc.); works of popular art"

Public domainPublic domainfalsefalse