Siynani sadpora qilding, ey pari, qoshi qaro...

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Siynani sadpora qilding, ey pari, qoshi qaro...
by Xoʻjanazar Huvaydo

Siynani sadpora qilding, ey pari, qoshi qaro,
Tiyri mujgoning bilan qilding yurak bag’rim yaro.

Kelmag’ay hargiz faroham siynai chokim mani
Tori zulfu so’zoni mujgon bilan hilmay rufo.

Bu maning dardimga, ey dilbar, tabib darkor emas,
Ey, saning darding tabib, kulli dardimga davo.

Xirmani jismimg’a tushti barqi ishqing, ey pari,
Qolmadi bir zarra jonim o’rganib bo’ldi ado.

Muncha berahm sitamgar yor ekonsan, naylayin,
Kelmadi oshiq sari rahming sani, ey purjafo.

Aqlu hushimni olibsan telbalardek so’zlatib,
Hoyu hu deb tortadurman na’rai vohasrato.

Tashlalab qoldim Furoti g’amda sargardon bo’lub,
Lashkari ishqing kelib qildi shahidi Karbalo.

Bo’lmag’ay ishqu muhabbat loyiqi har odami,
Ey Huvaydo, bo’lmaguncha bu jahonda mosuvo.

This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.

Public domainPublic domainfalsefalse