Shodmonlik izlama

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Shodmonlik izlama
by Boborahim Mashrab

Shodmonlik izlama, oxir boshinga g’am kelur,
Odamining boshiga andishayi motam kelur.

Osmonga etsa boshing misli Muso xomush o’l,
Sar daraxt nurmeva bo’lgan so’ngra boshi xam kelur.

Odamiyning asli birdur, bir-biridin farqi bor,
Necha qarn o’tgan so’g’un dunyoga bir odam kelur.

Vahmi mahshardin gapurmang norasoni oldida,
Go’shi karg’a haq so’zi albatta noforam kelur.

Yig’lamoq oson emasdur, ey jigarbandim, eshit,
Mulki dil sadpora bo’lg’an so’ng ko’zingdan nam kelur.

Olimi ilmiga maghrur, johili isyonga g’arq,
Kas ne bilsun, rozi mahshar kimni toshi kam kelur.

Yoshligingda yo’lga kirg’il, toki topqaysan kamol,
Gar jarohat ko’hna bo’lg’an so’ngra bemalham kelur.

Mashrabo, siynamdagi dardimni aytsam, arsh kuyar,
Yo’l xatardur, qo’rqaman, majlisga nomahram kelur.

This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.

Public domainPublic domainfalsefalse