Shod o‘lg‘il, ey mahzun ko‘ngul, ou kecha dildoring kelur...

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Shod o‘lg‘il, ey mahzun ko‘ngul, ou kecha dildoring kelur...
by Muhammad Rahimxon Feruz

Shod o‘lg‘il, ey mahzun ko‘ngul, ou kecha dildoring kelur,
Shirin takallum, gulbadan, la’li shakarboring kelur.

Soz ayla aysh asbobini, ochg‘il tarab abvobini,
Ruxsori olamtobini ochib sevar yoring kelur.

La’lin qilib mo‘’jizbayon, bermakka umri jovidon,
Yuz nav’ mehr aylab ayon, jonbaxsh guftoring kelur.

Hijroni ichra borho tortar eding ranju ano,
Bu dam tutub rasmi vafo sho‘xi sitamkoring kelur.

Mahzun qilib ag‘yorni, shod etgali sen zorni,
Tark aylabon ozorni, yori vafodoring kelur.

Ko‘ngliga nolang bir sahar ta’sir qilmishdur magar,
Shirin dudoqu siymbar, farxunda diydoring kelur.

Feruzbaxt o‘lg‘il mudom, et no‘shi ishrat birla jom,
Andoqki sarvi xushxirom, ozoda raftoring kelur.

This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.

Public domainPublic domainfalsefalse