Sho‘x baytal

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Sho‘x baytal  (1923) 
by Abdulla Qodiriy

Sho‘x baytal har bir millatda ham bor. Farang sho‘x baytallari haqida ajib rivoyatlar eshitamiz.

Angliz siyosiyunlari Lo‘ndo‘n sho‘x baytallarini Sharq amir va shohlarini yovvoshlandirish uchun Arabiston, Eron va Hindistonlarga yo‘llar ekanlar.

Lo‘rd Kerzo‘n o‘z siyosatini Sharqda amalga oshirish uchun qizchasini Eron hukmdori Ahmad shohg‘a nazir tortqan, deb ham so‘zlaydirlar.

Kobulda yotqan sobiq Buxoro amirining butun qayg‘u kulfatlarini unutdirib turgan ermaklarning birinchisi angliz sho‘x baytallari bo‘lsa, ikkinchisi o‘zimizdan chiqg‘an sho‘x ayg‘irlar, deydirlar.

Chet ellarda bo‘lg‘an sho‘x baytal masalasi mana shu yo‘sinda. Ammo bizning maqsadimiz bunda emas.

— Ichki Rusiyadan oliq-sotiq uchun bu yerga kelguchi o‘rus qarqunoqlari bor-gap bular ustida ham emas.

— Sharif afandi Boychura degancha nasha solingan palov oshab, esirib yurgan tatar olato‘g‘anoqlari ham yo‘q emas — bularning ham bizga ahamiyati yo‘q!

Bo‘lmasa gap soyda-yu, qaysi qirda?

Berdi Xudo Toshkand uchun bir pari

Esankirab ketdi go‘dak ham qari!

— Tiss!

Durust, O‘ktamxonning Toshkand kelganiga endi ancha yillar bo‘ldi, uning bazmini, husnini ko‘rmagan Toshkand mehmonxonasi endi ehtimol sira qolmag‘andir. To‘y-to‘kunlarda uning bir piyola choyini ichib, chakkasiga yuztalik qistirmag‘an ehtimol siz bilan bizdirmiz. Ammo shunchalik davru davronlar o‘tquzilg‘an va o‘tquzilmoqda bo‘lg‘an bo‘lsa ham bunchalik ochub… tiss!

Yopig‘liq qozon-yopig‘liq… Tuya ko‘rdingmi-yo‘q…

Tuzuq, Hofizko‘yki mahallasidagi keyingi janjallar bilan ishning usti bir oz ochilub ketkandek ham bo‘ldi, sho‘x baytal masalasi hatto mehrob janjallarig‘a ham aylanib ketdi. Lekin biz shunda ham ishni yopilub qolmog‘ini tilaymiz. Chunki bu ne’mat osmonining ustida ko‘b maxluqlarimizning nasibalari bordir. Qurt-qurimsqa, ola qo‘ng‘uz-qora qo‘ng‘uz, bakovilu yasovullarimizning xissalari bordir.

Bittayu bitta bo‘lub yetishkan sho‘x mashrabimizning subhi shom, balki aladdavom duoyi jonini qilub yurgan:

— oq sallalik varasatulanbiyolar va aziz avliyolar haq-hurmati,

— sho‘x baytalni deb molidan, jonidan kechkan, eng oxirda uyidagi xotunini qo‘yg‘an boylar va boybachchalar hurmati,

— to‘ylarda, bazmlarda sho‘x baytalning bir piyola choyiga o‘lib-o‘lib yetishaturgan yigit yalanglar hurmati.

— Tiss! deymiz, tuya ko‘rdingmi yo‘q! deymiz.

Mushtum

«Mushtum» —1923 yil, 5-son, 2-bet

This work is first published in Uzbekistan and is now in the public domain because its copyright protection has expired by virtue of the Law of the Republic of Uzbekistan on Copyright and Related Rights, enacted 2006, amended 2021. The work meets one of the following criteria:

  • It is an anonymous or pseudonymous work and 50 years have passed since the date of its publication
  • It is a posthumous work and 70 years have passed since the date of its publication
  • It is another kind of work, and 70 years have passed since the year of death of the author (or last-surviving author)
  • It is one of "official documents (laws, resolutions, decisions, and etc.), as well as their formal translations; official symbols and marks (flags, emblems, orders, banknotes, and etc.); works of popular art"

Public domainPublic domainfalsefalse