Sherdor madrasasi
Ushbu madrasai oliya Turkiston podsholaridan Imomqulixon hazratlarining davrinda sipohsolor va ham Samarqandg‘a voliy bo‘lg‘on Abdulkarim Yalangto‘sh Bahodir tarafindan bino qilingandur.
Yalangto‘sh Bahodir Samarqand askari ila Xuroson va Mashhadni istilo etib, ul tarafdan kelturg‘on amvol, g‘anoyim ila Samarqandg‘a ushbu Sherdor va ham Tillakori madrasalarini bino etibdur. Bu madrasalar doxilan va xorijan chiniy mulavvi koshi ila ziynat berilib koshilarini aksari go‘yo bugun usto va san’atkor qo‘lidin chiqg‘on kabidur.
Tarix binosi Sherdor madrasasini doxiliy va g‘arbiy toqinda chiniy muzoyiq ila zerdagi vajh uzra nazman yozilgandur…
Sherdor madrasasining madxali va jabhasi g‘arbdagi Madrasai Mirzo Ulug‘bek Ko‘ragoniy madrasasi mohazisinda mutavajjih va ikkisi yuz ba yuz bir shaklda bino qilingan. Ikkisi fosilasi yuz arshin va orasi tosh farsh qilingan vasi’ bir maydondurki, Registon atalur.
Registonning shimoli va janubi katta yo‘l bo‘lub, shimolidagi kanorinda boloda zikr qilingon ikki madrasa rukn va zoviyalariga muqobil Tillakori madrasasi mabnidur. Sherdorning samti xorijdan haddi g‘arbiya va sharqiyasi 82 arshindan, shimoliy va janubiy jihatlari 95 arshindan bo‘lub, jam’an 779 murabba’ arshin yerni muhtaviydur.
Sherdorni sahni doxiliyasining g‘arbiy va sharqiy hadlari 54 arshindan, shimoliy va janubiy taraflari 52 arshindan bo‘lub, vus’ati 2808 murabba’ arshin va yeri marmar tosh ila farsh bo‘lub, to‘rt jihatdan hujralar va to‘rt katta ravoqning jabhasi ushbu murabba’ sahnga mutavajjih va nafsi imoratni o‘rni 4910 murabba’ arshin yerni shog‘ildur. Madrasa ikki oshiyona bo‘lub, 64 hujra, ikki katta darsxona, doxilan to‘rt katta toqni mujtamildur…
Peshtoqning xorijiy jabhasinda mehrobning ikki tarafinda bir-birig‘a muqobil ykki sher (arslon) shaklini musattah chiniy va koshilar ila arslon rangida mulavvan tasvir qilingani uchun Madrasai Sherdor atalibdur. Arslon naqshasining asari bu kunda ham ma’lumdur. Madrasa va minoraning boshqa jihatlarinda tasvir yo‘q va aksariyat ila oyati hadis va tarixi abyotni marmarlarg‘a muzoyiqlangan va koshi mulavvan chiniylar ila yozilgandur. Madrasa minora va qubbalarining butun sathini arab, eron, hind uslub naqqoshisi uzra mulavvun chiniy va rangorang koshi ila nihoyat nafis suratda naqshlangandurki, to‘rt asr bo‘lgan bo‘lsa ham koshilar oftob va oy nurini aks etdurar va ko‘zni qamashdurar.
Minora madxalig‘a yetgandan so‘ngra minora ichindagi 56 zina vositasila minoraning sharafasi ustinda minilur. Endi ushbu buyuk minora ustidan Samarqand firdavsmonandining zumurraddin bog‘u bo‘stonlari, xushohang latif nahrlari, to‘g‘ri va avajojlik yo‘llarini tamosho etib, Samarqand shahri ofoqning atroshom, sog‘lom, nafis havosini shimitmali va bu muborak ofoqdagi yuzlar ila tariz tog‘ parchalaridek madrasa, daxma, qubba, masjidlarni sayr qilmali.
U muborak qubba, daxma va buq’alar boniy va sokinlarining moziyg‘a madfun va mujassam tarixiy va diniy qahramonliklarini yod etib, bahri taommiqig‘a mahv va g‘arq o‘lmali.
«Oyna» jurnali, 1913 yil, 1-son, 6—9-betlar.
This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago. |