Sham’ erur parvonaning holig’a giryon har kecha...

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Sham’ erur parvonaning holig’a giryon har kecha...
by Ubaydullaxon

Sham’ erur parvonaning holig’a giryon har kecha.
Yig’laram oni ko’rub men ham farovon har kecha.

Ahdu paymonni tanimas tongg’a budur turfakim,
Jonu ko’nglum birla aylar ahdu paymon har kecha.

Ko’rgali husn avji uzra mohi tobonim aning,
Uyalib yuz yoshurur xurshedi tobon har kecha.

Anbar afshon zulfining savdosidin Majnun bo’lub,
So’zni o’z-o’zumga ayturmen parishon har kecha.

Tortamen ummed ila har kun firoqi dardini,
Vaslidin qilg’aymu deb dardimg’a darmon har kecha.

Aylaram bir gul g’amidin notavon bulbul kabi,
Tinmayin har lahza tong otquncha afg’on har kecha.

Holima rahm aylamay ko’nglim qushin parvonadek,
Ey Ubaydiy, o’rtar ul sham’i shabiston har kecha.

This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.

Public domainPublic domainfalsefalse