Shaho, bizga nazar qilsang ne bo’ldi...

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Shaho, bizga nazar qilsang ne bo’ldi...
by Atoiy

Shaho, bizga nazar qilsang ne bo’ldi?
Gadoni mu’tabar qisang ne bo’ldi?

Ko’ngul yuz poradur gul, g’uncha yanglig’,
Sabodek bir guzar qilsang ne bo’ldi?

Qaro baxtim bikin hijron kechasin
Visolingdin sahar qilsang ne bo’ldi?

Boqib usruk ko’zungdin, nosihimni
Meningtek bexabar qilsang ne bo’ldi?

O’tar ohim o’qi to’quz falaktin,
Vafo birla sipar qilsang ne bo’ldi?

Baloqqedur raqib, oxir balodin,
Xudoy uchun hazar qilsang ne bo’ldi?

Keturdi mohazar jonin Atoiy
Qabuli mohazar qilsang ne bo’ldi?

This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.

Public domainPublic domainfalsefalse