Shaharni yoritish ishlari

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Shaharni yoritish ishlari  (1924) 
by Abdulhamid Choʻlpon

Shaharni elektrik bilan yoritish ishlari mundan 10 – 15 yillar burun boshlang‘an edi. U vaqtda xususiy bir shirkat tomonidan Yangi shaharga mukammal bir elektrik istansiyasi solinib, uning bilan Eski shaharni ham yorutish mumkin bo‘lmag‘anlig‘i bilingandan keyin Eski shahar uchun ham alohida kuchlik bir istansiya solg‘an edi.

Inqilobning buzg‘uchi davrlarida va bosmachilar egaligi vaqtida Eski shahar istansiyasi tamom buzulib esdan chiqdi. Uning xishtdan yasalg‘an binosi hozir bir ombor vazifasini o‘tab turubdur. Yangi shahardagi istansiya bo‘lsa hozir ham bor. Yaqin vaqtqa qadar muzofot iqtisod sho‘rosi qaramog‘ida bo‘lg‘an bu stansa yaqinda mahalliy ijroqum qaramog‘ig‘a o‘tdi. Mahalliy ijroqo‘m ham uni istismor (eksploatasiya) qilmoq uchun baladiya shoʻbasiga topshirdi. O‘lkamizdagi baladiya shoʻbalari aksariyat e’tibori bilan “nokdek”… Bularning muqaddaroti – “mahalliy mablag‘” degan chigal narsaga elitib qolg‘an. Ayniqsa, bizning xarob Farg‘onamizning vayron shaharlaridan bo‘laturg‘an unum ham ma’lum. Har holda, elektrik istansiyasining shahar qo‘lig‘a ko‘chishidan ancha umid bor. Ismi ulug‘ “Muzofot iqtisod sho‘rosi” istansiyaning kamchiliklarini to‘ldurush xususida hech narsa qilg‘ani yo‘q. Shaharning o‘zida turub uning hamma kam-ko‘stidan xabardor bo‘lub turg‘an bir idoraning qo‘lida, ehtimol, o‘ngg‘arilib ketsa…

Ijroqo‘m hozir eski shahardagi buzulib ketkan paxta zavutlarining bittasini suv bilan yuraturg‘an elektrik istansiyasiga aylantirmakchidur. Zavutni paxtaqo‘mdan so‘rab olish uchun rasmiy murojaatlar qiling‘an, xarajatga kirmaklik mablag‘ ham qidirilib turubdur. Ijroqo‘m bu ishga jiddiy kirishkan. Agar bu maqsad yuzaga chiqa qolsa, Eski shaharni yorug‘ bilan juda arzon ta’min qilmoq mumkin. Elektrik istansiyalarda ko‘p xarajat yer yog‘i (neft)g‘a ketadir. Shu bilan bo‘lg‘an vaqtida shu ulgurji xarajatdan qutulungan bo‘lunadur. Andijon ijroqo‘mig‘a ishda muvaffaqiyat va, shu bilan birga, azm va matonat tilaymiz.

Q.

“Farg‘ona” gazetasi,

1924-yil, 17-aprel.

This work is first published in Uzbekistan and is now in the public domain because its copyright protection has expired by virtue of the Law of the Republic of Uzbekistan on Copyright and Related Rights, enacted 2006, amended 2021. The work meets one of the following criteria:

  • It is an anonymous or pseudonymous work and 50 years have passed since the date of its publication
  • It is a posthumous work and 70 years have passed since the date of its publication
  • It is another kind of work, and 70 years have passed since the year of death of the author (or last-surviving author)
  • It is one of "official documents (laws, resolutions, decisions, and etc.), as well as their formal translations; official symbols and marks (flags, emblems, orders, banknotes, and etc.); works of popular art"

Public domainPublic domainfalsefalse