Sentek jahonda ko’zlari...

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Sentek jahonda ko’zlari...
by Sakkokiy

Sentek jahonda ko’zlari ayni balo qani?
Mentek aning balosi bila mubtalo qani?

Erning aqiqi garchi jahonda yagonadur,
Chehram mengizli ham yana bir qahrabo qani?

Ko’zni g’ubor tutti firoqingda yig’la-yu,
Erning tuzindin o’zga anga to’tiyo qani?

La’ling sharobi bo’ldi ko’ngul dardina davo,
Bu dard jong’a yetti, vale ul davo qani?

Yuzumni oltin etti sening ishqing, ey sanam,
Mundog’ boqoni oltin etar kimyo qani?

Qadd-u hadingg’a sarv-u gul o’zun tutar shabih,
Onlar bo’y-u yuzinda bu ob-u havo qani?

Husnung zakoti bergali bir qulni izlasang,
Sakkokiytek bu dunyoda bir benavo qani?

This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.

Public domainPublic domainfalsefalse