Sening ishqingda, ey dilbar, yurak-bag‘rim to‘la qonmen...

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Sening ishqingda, ey dilbar, yurak-bag‘rim to‘la qonmen
by Maxmur Koriziy

Sening ishqingda, ey dilbar, yurak-bag‘rim to‘la qonmen
Ochilmay g‘unchavash ham andalibdek koni afg‘on men.

Nishonim benishon bo‘ldi kuyub axgar bo‘lib qoldi,
Junun dashtida bir muhlik quyun yanglig‘ parishon men.

Vujudim poybo‘si mahjabinlarning arosida
Tushib xoki mazallatg‘a boshim ham guyi chavgonmen.

Bu umrim naqdini oldi biron yo‘l qayrilib boqmay,
Ilojim topmayin oyinadek har yerda hayronmen.

Sabo yetkur payomimni, halokat vaqtiga yettim,
Ki shoyad yodiga tushsam nechun ishqida o‘lgonmen…

Meni ishq ichra andog‘ bir pari Majnuncharoq etdi,
Aning kuyida qoldim bexabar xori maug‘aylonmen.

Jigar-bag‘rim ezildi dilrabolar suhbatin istab,
Tushib ayru hamadin tolibi bir shakkaristonmen.

Biyoboni judolikda qolib yolg‘iz, qulovuzsiz,
Topolmay mahrami dil telbalardek turfa sarsonmen.

Bu Maxmur aytsa ko‘p afsonalar ayb aylamang nechun,
Muhabbat gulshanida sayrayub yurgan g‘azalxon men.

This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.

Public domainPublic domainfalsefalse