Senga ne

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Senga ne
by Lutfiy

«Dudog’ing ma’dani jondur»,— dedim, aytur:«Senga ne?!»
«Qomating sarvi ravondur»,— dedim, aytur:«Senga ne?!»

«Qamar otlig’ yuzung ollidadur oy bir habashiy,
Dag’i yuzungda nishondur,»—dedim, aytur: «Senga ne?!

«Tal’ating husni jahoniyu oning ustidagi
Soching oshubi jahondur»,— dedim, aytur: «Senga ne?!»

«Yoyu o’q qop-qora bo’lmas, magar ul qoshu ko’zung
Ne ajab tiyru kamondur»,— dedim, aytur: «Senga ne?!»

Xizrdin so’rmisham: «Irningmu durur obi hayot,
Iso anfosi hamondur»,— dedim, aytur: «Senga ne?»

Xurdabinlar ul og’izniki: «Adamdur»,— dedilar,
«Onda bir zarra gumondur»,—dedim, aytur: «Senga ne?»

«Zulfu yuzu ko’zu qoshu, mengu g’amzang — barcha
Fitnayi ahli zamondur»,— dedim, aytur: «Senga ne?!»

«Oy yuzung kun kibi zarroti jahon mazharida
Barcha olamg’a ayondur»,— dedim, aytur: «Senga ne?!»

Bo’ldi ko’p fikri daqiq ichra xayoli Lutfiy,
«Bu ne mo’yu ne miyondur?»—dedim, aytur: «Senga ne?!»

This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.

Public domainPublic domainfalsefalse