Sayil
Batraklar seksiyasi va maorif ehtiyojlari uchun O‘sh soyining bo‘yig‘a sayil chaqirilg‘an. Kunduzlari xalq oz bo‘lsa ham kechalari ko‘p bo‘ladur.
Anjandan mashshoqlar va qiziqlar borg‘andir. Bu sayilning bir yomon jihati borkim, u ham bo‘lsa qimordur. Kunduz kuni ertadan kechgacha 6-5 yerda davra bo‘lushub o‘turgan tubjoy xalqni ko‘ramizkim, hammasi navkar boshida, qimor o‘ynab o‘turadurlar.
Bor-yo‘g‘ini qimorg‘a «boy berib» qo‘yub, yomon yo‘llarga ketkanlar ozmi deysiz? Bir qishloq dehqoni bir arava shaftoli, bir arava uzumini yutquzg‘andan keyin, oxirg‘i o‘yunda ot-aravadan ham ojralg‘an…
Farg‘ona uchun ot-ulov, pul-oqchaning ahamiyatini tushunganlar O‘sh hukumatdorlarining bu harakatini olqishlab qarshi olmaslar kerak.
Q
«Farg‘ona» 1924-yil 28-iyul.
This work is first published in Uzbekistan and is now in the public domain because its copyright protection has expired by virtue of the Law of the Republic of Uzbekistan on Copyright and Related Rights, enacted 2006, amended 2021. The work meets one of the following criteria:
|