Savod qurslari

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Savod qurslari  (1924) 
by Abdulhamid Choʻlpon

Yoz vaqtlarida qizil qo‘shun orasidagi siyosiy maorif ishchilarining ko‘magi bilan birdan ko‘payib ketgan savod qurslari kuz oylarida yana xiyla susayib qolg‘an edi. Hozir, mana bu so‘ng kundarda, savod qurslari yana ko‘payib boradur.

Savodsizliqni tugatish to‘g‘risida yana bir qadar jonlanish ko‘rilmakdadur. Ilgarilari bizda ba’zi bir narsalar, ayniqsa, shunday qurslar birdan kuchayib, gurullab ketib, keyin – g‘o‘zapoya yoqg‘an o‘tdek – susayib, pastlab ketar edi.

Andijon maorif nazoratining savodsizlikni tugatish bo‘limchasi ilgarigi to‘rtta qurs ustiga yana to‘rtani ochdi. Bu qurslar eski shaharda xalqning g‘ujum yerida Ko‘tak tegirmon degan joydadur. Jalolobodga qarashliq Suzoq degan qishloqda ham savod maktabi ochildi. Qishloqlarda savod maktablari ochishg‘a harakat qilish Andijon maorif nazoratining yaxshi va olqishlayturg‘an qadamlaridandur. Shu xil qurslarni yangi maktablari bor bo‘lg‘an boshqa qishloqlarda ham ochmoq kerak.

Yangi ochilg‘an qurslarning qolg‘an ikisi shahar ichida bo‘lub, ulari, faqat, ishchilar uchundur. Masalan: birinchi paxta zavuti oldida tubjoy xalq ishchilari uchun bir maktab ochildi. Temir yo‘l yaqinida temir yo‘ldagi ovrupalik ishchilar uchun bir qurs ochildi.

Birdan ko‘b va katta ishni boshlab so‘ngra tashlab yuborish bizda odat qatorig‘a qirayozdir. Buning zararini inqilobning burung‘i yillarida ko‘b ko‘rub, eslab ham qoldik. Emdi oz bo‘lsa ham, kichkina bo‘lsa ham puxta va asoslik ish boshlab, shuni sekin-sekin ilgari bosdirib, kengaytish, zo‘raytish kerakdur. Maorif nazoratining bu keyingi ochqan to‘rta savod qurslarini shu umid bilan qarshi olamiz.

Q

«Farg‘ona» 1924-yil 17-yanvar.

This work is first published in Uzbekistan and is now in the public domain because its copyright protection has expired by virtue of the Law of the Republic of Uzbekistan on Copyright and Related Rights, enacted 2006, amended 2021. The work meets one of the following criteria:

  • It is an anonymous or pseudonymous work and 50 years have passed since the date of its publication
  • It is a posthumous work and 70 years have passed since the date of its publication
  • It is another kind of work, and 70 years have passed since the year of death of the author (or last-surviving author)
  • It is one of "official documents (laws, resolutions, decisions, and etc.), as well as their formal translations; official symbols and marks (flags, emblems, orders, banknotes, and etc.); works of popular art"

Public domainPublic domainfalsefalse