Sarig' og'rig' bo'ldum...
Appearance
Sarig' og'rig' bo‘ldum, ey soqiy, xazoni hajr aro,
Qoni asfar mayki, bor har qatrasi bir qahrabo.
Yuz-u jismimdur sarig' barge qurug'an shox uza,
Shox-u bargekim, qurub sarg'arsa, kim ko‘rmish davo.
Ne marazdur buki, bir gulrux sharori ishqidin,
Bo‘ldi sarig' lola ko‘zum oqi-yu dog'i qaro.
Sud emish ko‘z tushsa asfar jinsi sari, vah, qani,
Sarvinozimkim, sarig gul bargidin kiymish qabo.
Sarg'arib qolmish havodis kojig'a hijron kuni,
Sir-sarig' qushdekki, kunduz qolg'ay ol qushlar aro.
Shom ila subh ar sarig' og'rig' emaslar, bas nedur,
Tun sochin yoyib, quyosh yirtib yuzin, tutmoq azo.
Dardi tufroqqa nihon etti Navoiy jismini,
Topibon bir shusha oltun, dafn qilg'andek gado.
This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago. |