Sani ishqingdin, ey dilbar, ajab devonalar bo’ldum...

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Sani ishqingdin, ey dilbar, ajab devonalar bo’ldum...
by Xoʻjanazar Huvaydo

Sani ishqingdin, ey dilbar, ajab devonalar bo’ldum,
Xaloyiqg’a bo’lub kulgu, basi afsonalar bo’ldum.

Qilur ta’na ko’rub harkim manim holimg’a, ey mohim,
Bu elni og’zida har go’shada afsonalar bo’ldum.

Hama qavmu qarindoshim mani ko’rsa qilur nomus,
Baridin yuz o’gurdum, bir yo’la begonalar bo’ldum.

Sani ilkingdin, ey dilbar, muhabbat jomini ichsam,
O’shal kundin beri bilmay o’zum mastonalar bo’ldum.

Shabiston ichra, ey yorim, jamoling sham’ini ko’rdum,
Boshingdin o’rgulub har subhidam parvonalar bo’ldum.

Visoling izlabon, dilbar, Huvaydoyi g’arib miskin,
Gadolardek so’rab eldin yurub ovoralar bo’ldum.

This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.

Public domainPublic domainfalsefalse