Sanga bir kun dedim, ey mahjabin, shomimni mahtob et...

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Sanga bir kun dedim, ey mahjabin, shomimni mahtob et..
by Joniy

Sanga bir kun dedim, ey mahjabin, shomimni mahtob et,
Sen ayding yig‘lamoqdin ashki oling bodai nob et.

Men onga navha qildim holima bir kelmading hargiz,
Gulob urmay, ko‘zum mardumlarin dersenki simob et.

Sarig‘ ruxsor uza gulgun sirishkim holatin ko‘rgil,
Guliston ichra ra’no qomatingdin gulni betob et.

Xating savdosida gul orazingdin bexabar sonma,
Nigoh tig‘i bila gul g‘unchadek ko‘nglimni serob et.

Yuraklar pora-pora, tah-batah qondur jigar, Joniy,
Chamanda siyna ochib, gul yaqo chokini noyob et.

This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.

Public domainPublic domainfalsefalse