Jump to content

Sa’dixon qozi to‘g‘risida hajv

From Wikisource
Sa’dixon qozi to‘g‘risida hajv
by Pisandiy
333485Sa’dixon qozi to‘g‘risida hajvPisandiy

Chiqdi olamga bachchag‘ar qozi,
El aro shuhrati zahar qozi.
Nomini Sa’d deb g‘alat qo‘ygan,
Nahsdan tug‘di, ibni shar qozi.
Ota merosidir sag‘ir moli,
Kimki o‘lsa, anga padar qozi.
Suvchayon yo ilon desam bilmay,
Bilgan aytur, tovonteshar qozn.
Kunduzi masnadi qazo uzra,
Kechasi, ya’ni yo‘lto‘sar qozn.
Boylar sudiga javob hozir,
Kambag‘al hukmini buzar qozi.
Xonavayron necha yetim, tullar,
Dod dastingdan, ey o‘jar qozi!
Qal’acha kafshu oq banoras to‘n,
Hayf zar do‘ppi, kalsar qozi.
Bo‘lsa erdi tariqcha aqling agar,
Topar erding bo‘lak hunar, qozi.
Bu g‘azalni eshit Pisandiydan,
Ablahi dahr, muxtasar qozi.


This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.