Ruxsori guling uzra xaydin chu gulob etding...

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Ruxsori guling uzra xaydin chu gulob etding...
by Avaz Oʻtar

Ruxsori guling uzra xaydin chu gulob etding,
G’ayri sori bormoqg’a shab-ro’z shitob etding,
Paydo tani zorimda turluk tabu tobu tob etding,
Ishqingda mani, dilbar, holimni xarob etding,
Bir so’rmading ahvolim, bag’rimni kabob etding.

Sarmastii sahboi gulgun qiliboi o’zni,
Gah oni xumoridin qad nun kilibon o’zni,
Hijroning aro tun-kun vojun qilibon o’zni,
Ishqing tushali boshg’a Majnun qilibon o’zni,
Sahroi firoq ichra jismimni turob etding.

Husningga jahon ichra to bo’lgoli man shaydo,
Dardu alamu zulming chekmakda edim tanho,
Olomu sitam tortib furqat aro, ey barno,
Vasling mayig’a tashna erdim tunu kun ammo,
Lab xushk qilib oxiri, chashmimni purob etding.

Hajring boshima tushgach, ey la’li labi gulgun,
Bori alam ostida qaddim dog’i bo’lmish nun,
Ne aybki, bor asru iqbol manga vojun,
Arzimni desam har gah ollingda mani mahzun,
Qahr ila boqib ul dam noz ila itob etding.

Sansiz bo’lubon yaksar hasrat bila bag’rim xun,
Bo’lg’usi ko’zum yoshi andoqki ravon Jayhun.
Har lahza g’amu anduh boshimda bo’lub afzun,
Hajr o’tig’a kul bo’ldum rahm aylamading bir kun,
Ag’yor elini lekin oshiqdin hisob etding.

Bir san kibi siyminbar olam arodur noyob,
Mushtoqing erur asru gar bo’lsa ko’zum pur ob,
Hajringda bo’lub doim jon ila dilim betob,
Ko’nglum bo’lur oshufta, jismim bo’lubon purtob,
Ul vaqti ochib zulfing, bu vaqtga tob etding.

Yoring, Avazo, bu dam yo aylagusi bozi,
Qalbini magar oning ozdurg’usi g’ammozi,
Qilgusi tag’ofil ko’b chashmini fusunsozi,
Lutf ila nazar solmay nazmingg’a ul oy G’oziy,
Ishqida g’azal aytib bir necha kitob etding.

This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.

Public domainPublic domainfalsefalse