Ruboiylar (Umidiy)

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Ruboiylar
by Umidiy

1[edit]

Ey andalibi xoma, hamisha tarona chek,
Yod aylagil jamolini, ohi shabona chek.
Navro‘z kayfini yana ko‘zdin uchirmag‘il,
Mastonaliq piyolasini yona-yona chek.

2[edit]

Ey soqiyi xujastaliqoi tarab ado,
Kavsar nishon sharobingg‘a yuz naqdi jon baqo.
Lab tashna, jon gurusna, ko‘ngul mayg‘a mustamand,
La’ling haqida ayla mani hojatim ravo.

3[edit]

Ey soqiy, boda bahrig‘a mallohi kisht o‘lsa,
Hurona kosa tutki, mayli sharobi bihisht o‘lsa.
Dorilamon maykadadin quvmag‘il g‘ofil mani,
Qurboni bo‘yi bodai rayhon sirisht o‘lsa.

4[edit]

Ey mayfurushi asri shah, Jamshidi anjuman,
Keltur qadahni gardisha, shaydoliq ayla fan.
G‘am daf’ig‘a hakimi qazo amr etib sharob,
Ranji tanimni daf’ig‘a hoziqliq ayla san.

5[edit]

Bir kecha soqiy may bila ko‘nglumni sarafroz,
Cho‘x ayladi, qilib erdim jonim ango niyoz.
Ilgimda erdi zodai ash’ori xotirim,
Aydi tamom o‘qub ko‘rub, nomin ango — Niyoz.

This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.

Public domainPublic domainfalsefalse