Rahmatulloh Sultonov

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Rahmatulloh Sultonov  (1920) 
by Abdulhamid Choʻlpon

O‘ktabrning 18 nchi kuni 10 larda Eski Toshkent og‘riqxonasida o‘shlik talabalardan Rahmatulloh Sultonov vafot qilib, ertasi kuni g‘ariblar mazorig‘a dafn etildi.

Gʻariblar mazori – hukumat tomonidan musofir g‘ariblar mazori uchun ayrib qo‘yilg‘an bir parcha yerdir. Ul yerdagi bir muncha g‘arib – musofirlar yonig‘a do‘stim Rahmatulloh ham qo‘yildi, ketdi…

Ul-da g‘arib – musofir bo‘ldi, g‘ariblar musofirlar qatorig‘a kirdi…

Na qiziq tasodif!

O‘zi bir vaqt menga: “Menim uchun Turkistonning har yeri vatandir!” degan edi; biroq, yash bo‘lg‘anliqdan hali “butun dunyo – hamma yer bari menim vatanim” deya olg‘ani yo‘q edi. Shunday e’tiqodlik bir ruh g‘ariblar – musofirlar mazoriga ko‘mildi.

Uning tug‘ilg‘an yeri poyiz va otliq bo‘lib 3-4 kunli yo‘ldir. Biroq, ul musofir bo‘ldi…

***

Marhum asl Farg‘ona viloyati O‘sh shaharidan bo‘lib, ilm suyganligi ila meni va menim bilan birga ko‘plarni hayratda qoldirg‘an edi.

Eski uyaz vaqtida men uni O‘sh yerli-rus maktabining ham kunduzgi va ham kechki darslariga juda tirisha-tirisha yurgan vaqtida tanig‘an edim.

Kerenskiy vaqtida va eski idoraning so‘ng nafaslarida Andijon shahar rushdiyasi (Городское училище)da o‘qur edi.

19 nchi yilda unga Turk (ul vaqtda Turk edi!) bilim yurti talabasi edi.

Mundan 4-5 oy burun uni Andijonda “Vatan qahramonlari” degan bir pyesa o‘ynalg‘anda yash, botir qizil zobit ro‘lida ko‘rgan edim. Ul ro‘lni ul haddan tashqari yaxshi o‘ynag‘an edi.

2 oylar burun uni munda uchratdim. Ul bu yerga o‘qumoq uchun kelgan bo‘lsa kerak, lokin men uni bu ko‘ruvda ortiq qo‘rqg‘an edim: chunki ul sil (choxirtka)ga chalingan edi…

Shul dard uni “g‘ariblar mozorig‘a” sudrab ketdi.

Shuning bilan O‘sh xalqi: umidlik bir muallim, g‘ayratli bir talabalaridan, Turkiston sahnasi usta bir oqtyo‘ridan ayrildi; men bo‘lsa qadrlik bir do‘stimni yo‘qotdim.

17-18 yoshlik bir do‘stlarini yo‘qotqan yash talabalar, ko‘nglingiz tinch bo‘lsun! Uning orqasidan tag‘in minglab yetishar; amal degan narsa ko‘b, o‘limlar bilan kela. Muning uchun ko‘p qayg‘iruvg‘a yaramaydir.

Yetim qolg‘an ota-onag‘a tasalli, uning o‘ziga tinch turmish, yengil tuproq tilayman.

Toshkent: o‘ktabr 25, 1920-yil

Abdulhamid Sulaymon.

“Ishtirokiyun” gazetasi, 1920-yil, 27-oktyabr, №223

This work is first published in Uzbekistan and is now in the public domain because its copyright protection has expired by virtue of the Law of the Republic of Uzbekistan on Copyright and Related Rights, enacted 2006, amended 2021. The work meets one of the following criteria:

  • It is an anonymous or pseudonymous work and 50 years have passed since the date of its publication
  • It is a posthumous work and 70 years have passed since the date of its publication
  • It is another kind of work, and 70 years have passed since the year of death of the author (or last-surviving author)
  • It is one of "official documents (laws, resolutions, decisions, and etc.), as well as their formal translations; official symbols and marks (flags, emblems, orders, banknotes, and etc.); works of popular art"

Public domainPublic domainfalsefalse