Rahm aylasang-chi devonalarg’a...

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Rahm aylasang-chi devonalarg’a...
by Xoʻjanazar Huvaydo

Rahm aylasang-chi devonalarg’a,
Ishqingda bo’lg’an afsonalarg’a.

Aylab judoliq, ey hamnishinim,
Qilding jafolar g’amxonalarg’a.

Kuydurma jonim rashk o’ti birla,
Ochib yuzungni begonalarg’a.

Sajda qilay deb, shirin, butimg’a,
Bordim so’roqlab butxonalarg’a.

Maygun labingdin bir bo’sa bergin,
Sinsun xumori mastonalarg’a.

Har dam tilarman husni kamoling,
Urub boshimni ostonalarg’a.

Yondur, kuyoyin xilvat ichinda,
Sham’i jamoling parvonalarg’a.

Ishqingni ganji vayron ko’ngulda,
Qo’ysang turarmu koshonalarg’a.

This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.

Public domainPublic domainfalsefalse