Jump to content

Qurbonliq o‘g‘rilari

From Wikisource
Qurbonliq o‘g‘rilari (1922)
by Abdulla Qodiriy
334226Qurbonliq o‘g‘rilari1922Abdulla Qodiriy

Kichkina hangama

— Qurbon hayiti ham keldi… Bu yil qurbonliqdan qalaysiz Hoji?

— Hayronman boy, hayit harjilari ham ko‘payib ketdi.

— Qilish kerak, qilish! Xudoning o‘zi yetkazadir. Siz bilan man endi, qilmasaq bo‘lmas.

— Shunisi ham bor… alhamdulilloh, siz va bizning davlat to‘g‘risidan kamchiligimiz yo‘q. Qora molg‘a qo‘shulsaq mumkin?

— Sheriklik oshni it ichmas, qurbonliqning eng yaxshisi qo‘y! Qo‘y so‘yabering, Hoji! O‘zingizda boqilg‘an bo‘rdoqilardan bordir, albatta?

— Bor, uch-to‘rtta bor.

— Ana shulardan bitgasini ko‘ttarib uring, qo‘ying!

— Bultur imlama qilg‘an edik. Endi bu yil mahallada och-oriq ko‘b, imlamaga ham qarab turmaslar…

— Etkaningizdek, man ham mahalladagi och-oriqlardan juda to‘ydim, o‘zlari so‘ramasalar ham yosh bolalaridan so‘ratub, uy ichimizni bezor qildilar. Yaxshisi shuki, «imlama» ham qilub o‘lturmang-ku, eng osoni «dimlama» qiling, dimlama xo-xo-xo…

— Hi-hi-hi… «dimlama»ngiz ham qulog‘img‘a issig‘, issig‘ kiradi-ya, biroq shartiga to‘g‘ri bo‘lmasmikan deyman…

— Qurbonliqning sharti qon chiqarish, bundan boshqa sharti yo‘q. Marhum domla ham qilg‘an qurbonliqlarini hech kimga bermay o‘zlari pok-pokiza tushurar edilar.

— Hovva, marhum domlaning sadag‘alari ketsang arziydir. Lekin shunday ham bo‘lsa ko‘ngil bo‘lmaydir…

— Siz man aytkandek qilabering, savobi sizga, gunohi manga! Agar himmatingiz jo‘sh urub ketsa, bizga o‘xshag‘anlardan bir-ikkitasini chaqirib duoyi-fotiha qilsangiz, tag‘in yaxshi, tuzukmi?

— Ey-y, bizda jon bor deysizmi, bu yil siz ham shunday qilarsiz bo‘lmasa?

— Eyy, siz yosh bolamisiz, Hoji, bizning, qurbonliq har yili «dimlama» hi-hi-hi…

***

Eshitdingizmi, bu ikki uying kuygurning qurbonlig‘ini!

Qurbonliqning borliq hikmat va falsafasi ayyomi saharg‘i kunimizdagi och oilalarni to‘ydirmoqdir va Alloh dargohida iyd kunlari och yotqan oilalarni to‘ydirish niyati bilangina qiling‘an qurbonlar maqbuldir va chin qurbon ham shunisidir.

Agar yuqoridag‘i ikki o‘g‘rining fikrida bo‘lsangiz, sizning ham uyingiz kuysun!

Julqunboy

“Qizil bayroq”, 1922 yil, 4 avgust, 205-son


This work is first published in Uzbekistan and is now in the public domain because its copyright protection has expired by virtue of the Law of the Republic of Uzbekistan on Copyright and Related Rights, enacted 2006, amended 2021. The work meets one of the following criteria:
  • It is an anonymous or pseudonymous work and 50 years have passed since the date of its publication
  • It is a posthumous work and 70 years have passed since the date of its publication
  • It is another kind of work, and 70 years have passed since the year of death of the author (or last-surviving author)
  • It is one of "official documents (laws, resolutions, decisions, and etc.), as well as their formal translations; official symbols and marks (flags, emblems, orders, banknotes, and etc.); works of popular art"