Qoyin ena davlati yanga erur, yor-yor...

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Qoyin ena davlati yanga erur, yor-yor...
by Ubaydullaxon
332503Qoyin ena davlati yanga erur, yor-yor...Ubaydullaxon

Qoyin ena davlati yanga erur, yor-yor,
Izzatiyu hurmati yanga erur, yor-yor.

Qoyin ini yangasin olg’usidur, yor-yor,
Oy yuzingga ko’zlarin solg’usidur, yor-yor.

Ursa safoyi aning shaydo bo’lur, yor-yor
G’oyati yo’q mehr anga paydo bo’lur, yor-yor.

Bir-biriga mehribon bo’lg’usidir, yor-yor,
Bir-biri mehri bilan to’lg’usidur, yor-yor.

Yanga muningdek zarif bo’lmas emish, yor-yor,
Xulqiyu husni latif bo’lmas emish, yor-yor.

Qayni ini yanganing qadrini bil, yor-yor,
Bilib aning qadrini shukrini qil, yor-yor.

Nuqtasiga bu so’zning yetmak kerak, yor-yor,
Izzatini yaxshiroq etmak kerak, yor-yor.

This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.

Public domainPublic domainfalsefalse