Qoshingg‘a tushgali, ey sarvi guluzor, soching...

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Qoshingg‘a tushgali, ey sarvi guluzor, soching...
by Bayramxon
333540Qoshingg‘a tushgali, ey sarvi guluzor, soching...Bayramxon

Qoshingg‘a tushgali, ey sarvi guluzor, soching,
Meni yel esganidek qildi beqaror soching.

Firoqi yor tuni bo‘ldi subhi ravshani vasl,
Turarda tushgali yuzungga tor-tor soching.

Ochilsa nofa yuki mushk isi tog‘ilg‘ondek,
Muattar ayladi olamni mushkbor soching,

May ichra obi hayot ayladi nihon og‘zing,
Gul uzra sunbuli tar qildi oshkor soching.

Asirn ishqing emas o‘zluki bila Bayram,
Solibtur oni bu savdog‘a, ey nigor, soching.

This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.

Public domainPublic domainfalsefalse