Jump to content

Qosh qoqtivu ketti

From Wikisource
Qosh qoqtivu ketti
by Boborahim Mashrab
332176Qosh qoqtivu kettiBoborahim Mashrab

Nogoh ko’runub ko’chada ul sarvi xiromon, —
Qosh qoqtivu ketti,
Qosh uchida imo qilibon jubbasi larzon, —
Bir boqtivu ketti.

Ul sho’xi pari, ko’zlari ofat, so’zi otash, —
Hay-hay, ne javohir,
Bir sheva qilib etti mani o’ziga hayron, —
Xush yoqtivu ketti.

Yuz jilva bilan borur eli ko’chada ul sho’x, —
Bag’rimni qilib qon,
Ming ta’zim ilan man qolibon volavu hayron, —
Zor ettivu ketti.

Ul zulfi parishon uyidin chiqsa boyakbor, —
Man shukr etadurman.
Ming jonim agar bo’lsa, qilay man anga qurbon, —
O’t yoqtivu ketti.

Mashrabni bu dunyoda xarob etgan o’zungsan, —
Ey ko’zlari shahlo,
Aydi so’zini, yoydi bu dunyoga farovon, —
Dol ettivu ketti.


This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.