Qon bo‘ldi ko‘ngul firoqi birla...

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Qon bo‘ldi ko‘ngul firoqi birla...
by Atoiy

Qon bo‘ldi ko‘ngul firoqi birla,
Kuydi jonim ishtiyoqi birla.

Zulfung cheriki jamol mulkin
Oldi ko‘zung ittifoqi birla.

G‘uncha sevunub to‘nig‘a sig‘mas,
O‘xshatmas o‘qung bashoqi birla.

Majlisda chog‘irdin el usursa,
Men jomi jamoli soqi birla.

To‘squ tilamakka haddimiz yo‘q,
Sog‘in bore davr oyoqi birla.

Ishqinda qaro boshim oqardi,
Bir boqmadi ko‘z qaroqi birla.

Ko‘z o‘ynatib uttilar ko‘ngulni,
Ikki qoshi juft-u toqi birla.

Oshiqqa jafo qilding, valekin
Asr-u dag‘i yo‘q, yiroqi birla.

Xo‘blardin Atoiy lutf istar,
Xonlarg‘a ne ish yasoqi birla.

This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.

Public domainPublic domainfalsefalse